Qozog‘iston O‘zbekiston gazini Qirg‘izistonga rasmiy Toshkent belgilagan bahodan 115 dollar arzonga beradigan bo‘ldi.
Bu haqda Qirg‘iziston energetika vaziri Asqar Shadiyev ma‘lum qildi.
Shadiyevning bildirishicha, O‘zbekistondan 200 million kub metr gaz sotib olinar edi. Qozog‘iston gazini arzon bahoda Qirg‘izistonga sotishga rozi bo‘lgani uchun rasmiy Bishkek Ostona bilan 300 million kub metr gaz sotib olish haqida shartnomani imzolagan.
- Joriy yilda birinchi marta gazni O‘zbekistondan emas, Qozog‘istondan sotib olish haqidagi shartnomani imzoladik. Qozog‘iston gazning har ming kub metrini 195 dollardan beradigan bo‘ldi. O‘zbekiston 2011 yilning 3-choragida gazni bizga 278 dollardan sotayotgan edi. 4-chorak uchun esa O‘zbekiston Qirg‘izistonga gaz narxini 310 dollar qilib belgilagan edi. Shuning uchun biz O‘zbekistondan gaz sotib olishdan bosh tortdik, - dedi Asqar Shadiyev.
Ma‘lum bo‘lishicha, Qozog‘iston Qirg‘izistonga O‘zbekistondan sotib olinayotgan gazni sotadi.
- Bu gaz ham O‘zbekistonniki. Rossiya O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan gaznining hammasini sotib olgan. Rossiya bu gazni Qozog‘istonning janubiy viloyatlariga yetkazib beradi. Uning o‘rniga Qozog‘istonning shimolida, chegarada yaqinida joylashgan gaz konlaridagi gazni “Gazprom” Rossiyaga olib chiqib ketadi, - dedi Asqar Shodiyev.
Vazirning aytishicha, Rossiya O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan gazning hammasini birdaniga sotib olayotgani uchun unga “zangori olov” arzon narxda beriladi.
Asqar Shadiyev gaz narxining 115 dollarga arzonlagani sababli Qirg‘iziston shimolida aholi uchun gaz tariflari ham arzonlashtirilishini bildirdi. Ammo Qirg‘iziston janubidagi O‘sh, Jalolobod va Botken viloyatlarida gaz narxi arzonlamaydi. Chunki, vazirga ko‘ra, bu hududlar texnik imkoniyat bo‘lmagani sababli O‘zbekistondan sotib olinayotgan gaz bilan ta‘minlanadi.
Qirg‘izistonlik siyosatchilar O‘zbekistonning Rossiyaga gazni arzon, Qirg‘izistonga esa qimmat bahoda sotishini rasmiy Toshkentning Bishkekka siyosiy ta‘sir ko‘rsatish quroli sifatida talqin etadilar. Biroq o‘zbekistonlik siyosatshunos Farhod Tolipov bunday talqin asossiz ekanini aytadi:
- Agarda O‘zbekiston mana shu orqali Qirg‘izistonga siyosiy bosim o‘tkizmoqchi bo‘lgan bo‘lsa, unda “Qanday asoslarga ko‘ra, qanday siyosiy yechimlarni yoki harakatlarni talab qilmoqda O‘zbekiston Qirg‘izistondan? O‘zbekiston ultimativ tarzda rasmiy yoki norasmiy ravishda “mana bu shartni bajarsang, narxni pasaytiramiz, bo‘lmasa 310 dollardan sotamiz” deb qachon va qayerda aytdi?” degan konkret savollarga javob topishimiz zarur bo‘ladi. Bu haqda bironta bir siyosiy doiralarda, ekspertlar va siyosatshunoslar orasida gap bo‘lmagan, ma‘lumot ham yo‘q. shuning uchun ham gaz narxining belgilanishida hech qanday siyosiy fitnalar ko‘rinmayapti. Bu yerda u yoki bu biznes doiralar va strukturalarning manfaati yotibdi, xolos, - deydi Farhod Tolipov.
Ayni paytda Qirg‘izistonlik iqtisodchi Janibek O‘rmo‘nov Qozog‘iston bilan tuzilgan gaz shartnomasi vaqtincha kuchga ega bo‘ladi, deb hisoblaydi.
Uning aytishicha, Qirg‘izistonda gaz quvurlari ahvoli o‘ta nochor va shuning uchun ham yo‘qotishlar juda katta. Qozog‘iston tomoni yo‘qotishlarni kamaytirish uchun Qirg‘izistondan gaz quvurlarini yangilashni talab qiladi. Qirg‘izistonning esa bunga mablag‘i yo‘q.