Farg‘ona, Namangan va Andijon viloyatlari ahli uchun bu matal dolzarb bo‘lib qolgan ko‘rinadi. Bu viloyatlar rasmiylari aholini bu yil qishda tabiiy gaz bo‘lmasligidan ogohlantirib, ko‘mir g‘amlashni tavsiya qilmoqda.
Gaz o‘rniga ko‘mir!
O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining maxsus nazorati ostida vodiydagi ijtimoiy soha ob‘ektlari bilan birgalikda aholi xonadonlarini ham ommaviy ravishda ko‘mir bilan isitish yo‘lga qo‘yilayapti.
“Vodiygazta‘minot”dan olingan ma‘lumotga ko‘ra, o‘tgan hafta O‘zbekiston Vazirlar mahkamasining maxsus guruhi vodiyda bo‘lib, binolarni isitish tizimini gazdan ko‘mirga o‘tish jarayoni bilan tanishgan.
“Andijongazta‘minot” idorasining o‘zini tanishtirmagan xodimiga ko‘ra, joriy qish mavsumida tabiiy gaz ta‘minotida yetishmovchilik bo‘lishi va ob-havoning sovuq kelishi munosabati bilan isitish tizimlarini ko‘mirga o‘tkazishga qaror qilingan.
- Gaz ta‘minoti ham, ob-havo prognozi ham yaxshi emasku. Havo sovuq keladi, degan gap bor. Gaz bo‘lmasligi mumkinligi uchun maktab, bog‘cha, boshqa tashkilotlarni iloji boricha ko‘mirga o‘tinglar deyapmiz. O‘zi kotyollar ham gazga, ham ko‘mirga ishlaydigan bo‘ladi. Endi aholiga ham, hammaga taalluqli bu. Ko‘mirga o‘tkaziladi barchasi,- dedi “Andijongazta‘minot” xodimi.
“Namangangazta‘minot” tashkiloti rahbari Elmurod Ahmedov Namangan viloyatida bu yilgi qish mavsumida ijtimoiy soha ob‘ektlarlaridan tashqari barcha ulgurji iste‘molchilari yuz foiz gaz ta‘minotidan uzib qo‘yiladi, gazni aholigagina yetkazish rejalashtirilayapti, deydi.
Lekin, deya davom etadi E. Ahmedov, gaz ta‘minotida yetishmovchiliklar bo‘lishi kutilayotgani bois aholiga ham uylarini ko‘mir bilan istish vositalarini tayyorlab qo‘yishlari tavsiya qilinmoqda.
- Ijtimoiy soha ob‘ektlarida hozir hammasi o‘zidagi mavjud qozonxonalarini ko‘mirga moslashtirish ishlarini olib borayapmiz. Ommaviy ravishda tashkillashtirayapmiz shuni. Mahalla fuqarolar yig‘inlariga borib yig‘ilishlar o‘tkazayapmiz. "Hurmatli fuqarolar! Bu yil qishda gaz bo‘lmaslik ehtimolini hisobga olib, xonadoningizga ko‘mir zahirasini qilinglar" deb. Borib har bir xonadonning obyomiga qarab 3-4 tonna ko‘mir olib, ustini chiroyli qilib suvab qo‘yish haqidagi tavsiyalar bilan, xonadonlarga bitta-bitta kirib ogohlantirib chiqayapmiz,- deydi Elmurod Ahmedov.
Ko‘mir bo‘lmasa, o‘tin g‘amla!
Vodiyning uch viloyatidagi aksar mahallalarda gaz ta‘minoti idoralari xodimlari mahalla oqsoqollari bilan birgalikda aholiga ko‘mirdan tashqari o‘tin g‘amlashni ham tavsiya qilayotgani aytilmoqda.
Andijon shahridagi hovlilardan birida yashovchi Namuna opaga ko‘ra, bu tavsiyalar hatto yozma ravishda ham berilayapti.
“Andijonshahargazta‘minot” idorasi xodimi yaxshillikka umid qilgan holda, yomon vaziyatga ham shay turish aholining o‘ziga foyda.
- Gazga va‘da bera olmaymiz. Shu bilan qishga zahira o‘tin, ko‘mirni g‘amlanglar deb mahalla komitetlariga e‘lon berildi. Tushuntirish ishlari olib borilayapti. Har bir odam hech bo‘lmasa bir oyga zahira g‘amlashi shartda endi. Bu o‘ziga yaxshi. Qish g‘amini yozda ye deydilarku,- dedi "Andijongazta‘minot" idorasi xodimi.
Ko‘mir qayda, bizda faqat tappi!
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida yashovchi pensioner Sadiroxun So‘fiyev aholiga ko‘mir sotib olishni tavsiya qilayotgan rasmiylarning aholining aksar qismida o‘tin, ko‘mir sotib olishga qo‘li kaltalik qilishi bilan ishi yo‘q, deydi.
- Endi Xudodan so‘rashadida, qayerdan yig‘ishtiradi, qayerdan o‘tin topadi? Kesaman degan bilan daraxt yo‘q. Kestirmaydi fermerlar ham. Yerning tagidan ko‘mir kavlab olay desa, iloji yo‘q. Puli borlar ko‘mir sotib olishi mumkin. Puli yo‘qlar qayerdan ko‘mir sotib oladi? Ko‘mirning tonnasi 250-300 ming bo‘layapti. Masalan¸ men mustaqillikning bu yog‘iga ko‘mir sotib olganim yo‘q. Chunki quvvatim yetmaydi. Qo‘ylarim bor. Ularning tagida qurib qolgan tezakni qirqib, quritib, qishi bilan yoqib chiqaman. Boshqa iloji yo‘q endi,- deydi Sadiroxun So‘fiyev.
"Xalqni o‘ylayapmiz!"
“Namangangazta‘minot” tashkiloti rahbari Elmurod Ahmedovga ko‘ra, isitishni gazdan ko‘mirga o‘tkazish jarayonida aholining ehtiyoj va imkoniyatlari inobatga olinayapti.
- Viloyatda sakkizta distribyutor tashkillashtirilgan. Hammasi keladi. Mahalladan zayavka qilib turib xohlagan joyiga olib borib berilayapti. Ko‘mir, o‘tin, hammasining zahirasini qilayapmiz. Suyuq gaz jamg‘arayapmiz. 60 ming dona gaz balonimiz bor. 20 ming oborotdagi balonimiz bor. Endi avval xonadonlar gazga mo‘ljallab otopleniye qilgan. Otopleniyega ko‘mirni yoqib bo‘lmaydi. Shularni ko‘mirga moslashtiradigan qozonlar bo‘yicha bizda katta zavod bor. O‘shalar bilan dogovor qildirayapmiz hammasiga. Aholiga yana bitta yengillik yaratish maqsadida xalq bankidan kredit berilayapti xonadonlarga ko‘mirga moslashtirilgan pechka sotib olish uchun,- deydi Elmurod Ahmedov.
Aytilishicha, aholiga bu yilgi qish mavsumidan chiqib olishga yordam berish maqsadida arzon narxda ko‘mir yetkazib berish rejalashtirilmoqda va buning mahalliy hokimliklar mas‘ul etib tayinlangan.
Lekin Ozodlik Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari rasmiylaridan buni tasdiqlata olmadi.
Mavzu yakunida, 26 sentabr kuni BMT Bosh assambleyasida chiqish qilgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Elyor G‘aniyev mamlakat aholisining 82 foizi tabiiy gaz bilan ta‘minlanganini ta‘kidladi.