Van Gog o‘zini o‘zi o‘ldirmagan

Afsonaviy holland rassomi Vinsent Van Gog o‘z joniga qasd qilmagan, balki baxtsiz hodisa oqibatida halok bo‘lgan.

Rassom hayoti va ijodini o‘rganayotgan Stiven Nayfex va Gregori Uayt Smit bizga shu paytgacha noma‘lum hujjatlar va guvohlar ko‘rsatmalariga asoslanib rassom o‘zini o‘zi o‘ldirmagan, degan xulosaga kelganlar.

Ularga ko‘ra, Van Gog hayotining ohirgi kunlari Frantsiyaning Over-syur-Uaz shahrida yashagan va shu shahardagi bug‘doyzorga rasm solish uchun borgan rassom 1890 yilda ikki o‘spirin tarafidan otib o‘ldirilgan.

Shu paytgacha Van Gog bug‘doyzorda o‘zini o‘zi otib o‘ldirgan, deb aytib kelinardi.