Klinton bilan Karzay “Ubeki-beki-beki-beki-stan-stan” haqida xazillashishdi

Hillari Klinton va Hamid Karzay. Kobul 20 oktyabr 2011 y.

Hillari Klinton va Afg‘oniston Prezidenti Hamid Karzay kecha Kobuldagi uchrashuvni AQSh prezidentligiga respublikachi nomzod Herman Keynning O‘zbekiston borasida qilgan iltifotsiz bayonoti to‘g‘risida o‘zaro xazildan boshlashdi.

Washington Post gazetasi vebsahifaisda e‘lon qilingan videoda Klinton Karzay bilan uchrashuvning asosiy qismi boshlanishidan avval, uchrashuv ishtirokchilari bilan suhbatda “pitstsa shirkati boshlig‘i” Keynning “stan mamlakatlari prezidentlari ismlarini bilish shart emas”, degan so‘zlarini eslatdi.

Bunga javoban Karzay “bu noto‘g‘ri fikr, lekin siyosatchilar o‘zi shunaqa bo‘ladi”, degan fikrni bildirdi.

O‘tgan hafta CBN kanaliga intervьyusi chog‘ida AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod bo‘lish uchun kurashayotgan Herman Keyn O‘zbekiston prezidenti kim, degan savolga “Ubeki-beki-beki-beki-stan-stan” kabi “qandaydir kichik va ahamiyatsiz davlat rahbarining ismini bilish” shart emas, qabilida javob bergan edi.

Herman Keynning “Ubeki-beki-beki-beki-stan-stan” videosi:

http://www.youtube.com/embed/zmkvtfEEFT0?feature=player_embedded