Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev¸ agar AQSh ehtimoliy raketa hujumlaridan mudofaa tizimini Yevropaga joylashtirish yuzasidan Moskva xavotirlarini inobatga olmasa¸ Rossiya raketalari AQShning Yevropadagi mazkur tizimini nishonga olajagidan ogohlantirdi.
Televideniye orqali qilgan chiqishida Medvedev¸ agar Vashington va Moskva AQShning 2020 yilga qadar Yevropada raketa hujumidan mudofaa qilish tizimini o‘rnatish rejasi yuzasidan murosaga erishmasa¸ o‘z raketalarini g‘arbiy Kalilingrad viloyatiga joylashtirishidan po‘pisa qildi.
Medvedev shuningdek¸ agar AQSh o‘z rejasidan voz kechmasa¸ Moskva Vashington bilan yadroviy qurollar nazorati to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqishini ham bildirdi.
- Ko‘ngilsiz stsenariy yuzaga chiqsa¸ Rossiya qurolsizlanish va qurollar nazorati sohasida boshqa qadamlarni ham qo‘llash haqqidan foydalanishi mumkin. Strategik hujum va mudofaa tizimlari o‘rtasidagi ajralmas aloqa bois¸ Rossiya START kelishuvidan chiqishgacha borib yetishi mumkin¸ dedi prezident Medvedev.
AQSh rasmiylari Yevropani ehtimoliy raketa hujumidan himoya qilishga qaratilgan mudofaa tizimining¸ Eron va Shimoliy Koreyadan kelaëtgan tahdidga javob ekanini ta‘kidlamoqda.
Ammo Moskva bu reja o‘z yadroviy arsenalini zaiflashtirishga qaratilganini ta‘kidlab kelmoqda.