O‘zbek futbol jamoasi finalga chiqdi

Bugun Dubayda o'tayotgan "Matchworld Cup 2012" futbol musobaqasida O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Rossiyaning “Zenit” klubi bilan final o‘yiniga chiqadi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi "MatchworldCup 2012" turnirida Rossiyaning “Rostov” klubi futbolchilari ustidan 1-0 hisobida g‘alaba qozonib finalga chiqish huquqini olgan edi.

Bu golni o‘zbek futbolchisi Kenja To‘rayev o‘yinning 14- daqiqasida raqib darvozasiga kiritgan edi.

O‘zbek terma jamoasi va “Zenit” o‘rtasidagi final musobaqasi bugun Toshkent vaqti bilan soat 21 da boshlanadi.

Eslatamiz, Dubayda o'tayotgan ushbu musobaqada 8 jamoa qatnashmoqda. Ular orasida O'zbekiston chempioni "Bunyodkor" ham bor.