Kreml Karimov siyosatiga yuqori baho berdi

2011 yil 13 iyunida Medvedev Toshkentda Karimov bilan uchrashdi.

Kreml rasmiy saytida e‘lon qilingan tabrik matnida¸ Islom Karimovning 74 yoshga to‘lishi munosabati bilan unga yo‘llagan rasmiy tabrigida Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedev O‘zbekiston erishgan yutuqlarni prezident nomi bilan bog‘ladi.

“O‘zbekiston xalqi mamlakatda muvaffaqiyat bilan amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar¸ suverenitetning kuchayuvi va xalqaro maydonda O‘zbekiston e‘tibori oshganini haqli ravishda Sizning nomingiz bilan bog‘laydi”¸ deyiladi jumladan Medvedev tabrigida.

Kreml rahbari o‘z tabrigida shuningdek¸ Rossiya-O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarga yuqori baho bergan va xalqaro va mintaqaviy maydondagi dolzarb muammolar yuzasidan Islom Karimov mulohazalarini qadrlashini ta‘kidlagan.