O‘zbekistonda birinchi futbol komandasi paydo bo‘lganiga 2012 yilda 100 ga to‘ladi. O‘zbekiston futboli vakillari va muhlislar, ayniqsa, keyingi 5-6 yil ichida o‘zbek futboli sezilarli yutuqlarga erishganini aytmoqda.
1912 yilda hali Chor Rossiyasi nazoratida bo‘lgan Qo‘qon ahli orasida to‘p tepish sekin-asta udumga kira boshlagani tarixini O‘zbekiston futbol ishqibozlari klubi yetakchisi Abdurahmon Fozilov yaxshi biladi.
- 1912 yili Qo‘qon shahrida Chor Rossiyasi tomonidan bizga yurishlar, kirishlar bo‘lganda, o‘sha yerda kelgan rossiyalik askarlar deylikmi, yevropeytslar deylikmi, futbol nimaligini olib kirishgan bizga. O‘shanda bizlarnikilar ham o‘zimizning muskomandani tashkil etishgan Qo‘qonda. “Musulmonlar komandasi” deyilgan. O‘sha yerda tashkil topib, o‘shalarga qarshi asta-asta o‘ynab, nafaqat o‘ynashgan, balki yutuqlar ham paydo bo‘lgan. Aynan Qo‘qon shahrida O‘zbekistondagi birinchi jamoa muskomanda tashkil etilgan.
O‘tgan 100 yil ichida O‘zbekiston futbolida katta yutuqlarga erishildi, deydi ishqibozlar yetakchisi.
Uning bu so‘zlarini O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiysi Vadim Abramov ham tasdiqladi. Abramovning Ozodlikga aytishicha, o‘zbek futbolchilari bugun jahon miqyosida o‘ziga yarasha o‘ringa ega.
- So‘nggi yillarda muayan yutuqlarga erishdik, deb o‘ylayman. Agar umumiyatla o‘zbek futbolini oladigan bo‘lsak, u dunyoda eng yomon futbol darajada emas. Menimcha, Yevropada o‘zbek futboli boshqa mamlakatlaridagi nomdor komandalar bilan bemalol raqobatlashishi mumkin. Har qalay O‘zbekiston terma jamoasi Rossiya jamoasidan qolishmaydi, deydi Vadim Abramov.
Oltiariqlik ashaddiy futbol ishqibozi va xavaskor sharhlovchi Sodiqjon No‘monov ham o‘zbek futbolchilari keyingi paytlarda qo‘lga kiritgan yutuqlardan xursandchiligini yashirmaydi.
- Hozirgi kunda O‘zbekistonning hamma yoshdagi terma jamoalari Osiyo birinchiliklarida, yoshlar jahon chempionatiga bir necha bor chiqishdi. O‘tgan yil juda yaxshi o‘yin ko‘rsatishib, kuchli sakkizlikka chiqishdi. O‘zbekiston asosiy terma komandasi Osiyo chempionatida to‘rtinchi o‘ringacha bordi. Bu juda katta ko‘rsatkich, deydi xavaskor futbol sharhlovchisi.
Server Japarov FIFA raisi Zepp Blatterdan Osiyoinng 2011 yil o‘yinchisi sovrini olmoqda.
Futbol mutasaddilari va ishqibozlar fikricha, bu keyingi yillarda O‘zbekistonda futbolga bo‘lgan e‘tiborning kuchaygani natijasidir.
Sodiqjon No‘‘monov o‘z so‘zlariga dalil sifatida o‘zbek futbolchilarining Osiyodagi nufuzli komandalarda to‘p surayotgani, jumladan o‘tgan yili O‘zbekiston termasi vakili Server Japarovning Osiyoning eng yaxshi o‘yinchisi, deb topganini misol qiladi.
- Legionerlarni, taniqli futbolchilarni olib kelishib Bunyodkorda o‘ynatishdi. Hozir ko‘p komandalarda chet eldan kelgan o‘yinchilar bor. Dunyo ko‘rgan o‘yinchilar. Qolaversa, o‘shalarning natijasida o‘shalar bilan barobar o‘ynayman deb harakat qilib, sekin-sekin o‘zbek futbolining saviyasi ko‘tarilib keldi. Oldin biz Yaponiya bilan durang qilib olsa, do‘ppimizni osmonga otardikki “Yaponiya bilan durang qildi. Qoyile” deb. Bugungi kunda yapon bilan durang bo‘lib qolsa, “Eh, yutish kerak edi. Yuta olmadi” deyapmiz. Bu o‘zi qandaydir baho berish. Biz bilmagan holda O‘zbekiston futbolining ko‘tarilib, endi yutishga qodirligiga ishonib “yuta olmadi” deb bo‘g‘ilamiz. Bu katta o‘zgarish, deydi Sodiqjon No‘‘monov.
Haqiqatan O‘zbekistonda futbolga bo‘lgan e‘tibor, jumladan sarfalanayotgan mablag‘ yil sayin oshmoqda. Xususan, 2009 yilda braziliyalik mashhur murabbiy Luis Fillipe Skolariga yiliga 25 million AQSh dollari sarflanib, “Bunyodkor” jamoasiga trener sifatida olib kelingani yoki kamerunlik Samuel Eto’oning Toshkentda bitta o‘yinda qatnashgani uchun 5 million dollar to‘langani katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi.
Darvoqe “Bunyodkor” komadasi prezident Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi va O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi Gulnora Karimovaga qarashli ekani aytilgan “Zeromaks” shirkatiga tegishli bo‘lgan. “Zeromaks” shirkati 2010 yilda singach, “Bunyodkor” stadioni qurilishi ham to‘xtab qolgan edi.
Aytilishicha, narxi 150 million dollarga teng stadion qurilishini o‘zbek futbolining 100 yilligi munosabati bilan bitirish niyat qilinmoqda.
O‘zbek futboli haqida gapirganda ko‘pchilik “Paxtakor” jamoasining 1960-70 yillarda to‘p surgan futbolchilarini eslaydi. Sobiq SSSR kubogi final bosqichlaridan tushmagan bu komanda 1979 yil avgustida samolyot halokatiga uchrab nobud bo‘lgan.