Bundan 11 yil muqaddam yaratilgan Vikipediya hozirgi kunga kelib insoniyat tarixidagi eng katta va eng ko’p qaraladigan ensiklopediyaga aylandi. Bu bepul ensiklopediyada dunyoning 283 tilida 20 milliondan oshiq maqola bor.
Vikipediya ensiklopediyasini kim tuzadi?
Vikipediyaga Internetga ulangan istagan odam hissa qo’sha oladi, ya'ni yangi maqolalar chop eta oladi va chop etilgan maqolalarni o'zgartira oladi. Shu o’rinda savol tug’iladi: har qanday odam Vikipediyani tahrir qila olar ekan, undagi maqolalar ishonchlimi? Bu savolga javob berishdan avval Vikipediyaning tarixi va ishlashi haqida bir og’iz so’z aytsak o’rinli bo’ladi.
Vikipediyaga 2001 yil AQSh fuqarolari Jimmi Uels (Jimmy Wales) va Lerri Sanjer (Larry Sanger) asos solishgan. Sanjer “Vikipediya” so’zini “wiki” va “encyclopedia” so’zlarini birlashtirib o’ylab topgan. “Wiki” sozi aslida Gavayi mahalliy aholisi tilidan olingan va “tez” degan ma’noni bildiradi. Ko’pchilik “hashar qilib” yaratadigan web sahifalar shu so'z bilan boshlanadi. Demak Vikipediya — ko’pchilik birgalikda yozadigan ochiq ensiklopediya.
Internetdan qo’llanganlar ichida Google qidiruv tizimi haqida eshitmaganlar bo’lmasa kerak. Google kuniga eng ko’p kirilgan sayt bo’lib, uni har kuni foydalanuvchilar turli hil mavzularda ma’lumot olish uchun 1 milliarddan oshiq marta ochishadi. Shu izlashlarning 99% da Googlening birinchi sahifasida qidirilgan mavzuga taalluqli Vikipiyadagi maqola chiqadi. Demak, ma’lumot olishni istagan odam eng avval Vikipediyani ochishi ehtimoldan uzoq emas.
Hohlagan foydalanuvchi o'zgartirishi mumkin Vikipediyagi maqolalar qanchalar to’g’ri va ishonchli?
Bu savolning javobi qaysi tildagi Vikipediya haqida gap borayotganiga bog’liq. Ingliz, nemis, fransuz Vikipediyalaridagi maqolalarning aksari ishonchli va juda tez yangilanib turadi. 2005 yil Britaniyada chiqadigan Nature (Tabiat) ilmiy jurnali ingliz Vikipediyasini o’rganib chiqib undagi ilmiy maqolalarning sifati Encyclopædia Britannica (Britaniya Ensiklopediyasi) dagi maqolalardan qolishmasligini aytdi.
Shunday bo’lsa ham, Vikipediyadagi har bir maqola turli xil qarashlarni to’laligicha jamlamasligi va foydalanuvchilar tomonidan vandalizim yoki “buzg’unchilik” qurboni bo’lishi mumkin. Ammo faol foydalanuvchilarning soni juda ko’p bo’lgan Vikipediyalarda vandalism uzoq vaqt yashamaydi va maqolalar odatda betaraf uslubda yoziladi.
O'zbek tilidagi Vikipediyada ahvol qanday?
O’zbek Vikipediyasida juda muammo ko’p. Birinchidan, o’zbek tilida atigi 7 884 ta maqola bor. (Solishtirish uchun: ingliz Vikipediyasida 3 874 610 ta, rus Vikipediyasida 822 257 ta, qozoq Vikipediyasida 126 637 ta, tojik Vikipediyasida 9 426 ta, qirg’iz Vikipediyasida 5 027 ta, turkman Vikipediyasida 4 428 ta maqola bor.) Ikkinchidan, o’zbek Vikipediyasidagi maqolalarda juda oz manba ko’rsatilgan. Shuning uchun o’zbekcha maqolalarni betaraf va ishonchli deya olmaysiz. O’zbek Vikipediyasining rivojlanishi uchun maqola sonini ko’paytirish va bor maqolalarning sifatini to’liqroq ma’lumot bilan ishonchli manbalar qo’shish orqali yaxshilash kerak.
O’zbek Vikipediyasidagi yana bir katta muammo keying paytda noma’lum sabablarga ko’ra O’zbekiston hududida o’zbek Vikipediyasi to’sib qo’yilgan. O’zbekistonda bosh sahifani ochar ekansiz: “Oʻzbekcha Vikipediya Oʻzbekiston hududida toʻsilgan. Toʻsilish sababi va muhlati nomaʼlum.” – deb o’qiysiz. Bu o’zbek Vikipediyasining rivojlanishini jiddiy oqsoqlantirmoqda va O’zbekistonda inson huquqlari poymol bo’layotgani va so’z erkinligi yo’qligini butun dunyoga ko’z-ko’z qilmoqda.
Muallif: Nodir Atayev
Markaziy Yevropra Universiteti Talabasi
Vikipediyadagi shaxsiy sahifasi: http://en.wikipedia.org/wiki/User:Nataev