Vazn o‘lchash marosimida ukrainalik raqibi Vitali Klichkoning yuziga tarsaki tushirgan britaniyalik bokschi Derek Chisor jangda yutqazdi.
Boks bo‘yicha og‘ir vazndagi ukrainalik jahon chempioni Vitali Klichko 18 fevral kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan jangda chempionlik kamariga da‘vogarlik qilgan britaniyalik Derek Chisorni mag‘lub etdi.
Myunxen shahridagi 12 ming tomoshabinga mo‘ljallangan “Olimpia” arenasida 12 raund davom etgan jangdan so‘ng hakamlar bir ovozdan Klichko g‘alaba qozonganini e‘lon qildilar.
Bu bilan Vitali Klichko WBC kamarini o‘zida saqlab qoldi.
Hakamlar natijani e‘lon qilganidan so‘ng Chisor jang qayta o‘tkazilishini talab qildi yoki Vitalining ukasi Vladimir Klichko bilan jang qilishni xohlashini aytdi.
Juma kuni Myunxenda bo‘lib o‘tgan vazn o‘lchash marosimida Derek Chisor raqibi Vitali Klichkoning yuziga kutilmaganda tarsaki tushirgan edi. Biroq Klichko vazminlik bilan unga javob qaytardi.
WBC tashkiloti rahbarlari sportchiga xos bo‘lmagan harakati uchun og‘ir vazndagi britaniyalik bokschi Derek Chisorni 50 ming AQSh dollari miqdorida jarimaga tortdi.
- Bu sharmandalik va sportga nisbatan mutlaq hurmatsizlik! Bunday ahmoqona zarba uchun biz bokschini jazosiz qoldira olmaymiz. U djentelmen emas!, - dedi WBC rahbari Xose Sulaymon jurnalistlarga bergan intervyusida.
Chisorani mag‘lubiyatga uchratgach, Vitali sportchilarga hos tarzda Chisoraga qo‘l berib, yelkasiga urib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Ammo bu gal ham Chisora o‘zini Vitalidan tortdi va jahl bilan allanimadir dedi.
Sulaymonga ko‘ra, “pastkash va arzon provokatsiya” uchun Chisor to‘laydigan jarima xayriya maqsadlarida sarflanadi.
Shanba kungi jangdan so‘ng Vitali Klichko professional ringda o‘tkazgan 46 ta jangidan 44 tasida g‘alaba qozondi.
28 yashar britaniyalik Derek Chisor esa 18 ta jangdan 15tasida yutgan.