YuNESKO tashkiloti 1999 yildan beri 21 fevralni Xalqaro ona tili kuni sifatida nishonlab keladi. Sana munosabati bilan O‘zbek tili haqida o‘zbek tilshunosi bilan suhbatlashdik.
"O‘zbek tili tobora rasmiylashib, soxtalashib, quruqlashib bormoqda. O‘zbeklarning so‘z boyligi o‘ta ozayib bormoqda. Tilni g‘ariblashtirayotganimiz barobarida, uni boyitish ustida ham ishlamayapmiz".
Bu xulosalarni 21 fevral – Xalqaro ona tili kuni munosabati bilan qurgan suhbatimizda o‘zbekistonlik tilshunos, O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Abduroziq Rofiyev tilga oldi.
Mutaxassisni eng ko‘p tashvishga solgan muammo – bugungi o‘zbeklarning lug‘at boyligining qashshoqligidir.
Normalda eng kamida 8 ming dona o‘zbekcha so‘zni bilishi kerak bo‘lgan o‘zbek, tilshunos taxminicha, bor-yo‘g‘i – 2 mingtadan 4 mingtaga qadar so‘z biladi, xolos.
Buning sabablari va o‘z ona tilidagi lug‘atning qashshoqligiga barham berish yo‘llari haqida tilshunos olim Abduroziq Rofiyev bilan qurgan suhbatimizni quyida tinglashingiz mumkin.