Qirg‘iz rasmiylari Kreml GESlar qurish bo‘yicha o‘z majburiyatini bajarmasa, mazkur loyihalar boshqa davlatlar hamkorligida amalga oshirilishini bildirmoqda.
Joriy haftada Qirg‘izistonga AQSh va Rossiya delegatsiyasidan tashqari Turkiya va Mongoliya rasmiylari keldilar. Qirg‘iziston prezidenti Almaz Atambayev esa Ozarbayjonga borib, u yerda prezident Ilhom Aliyev bilan Bishkekda 250 million dollarga neftni qayta ishlash zavodi qurish shartnomasini imzolab qaytdi.
Ayrim kuzatuvchilarga ko‘ra, mazkur loiyha AQSh va Turkiya ko‘magida ham amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari Qirg‘iziston hukumati Rossiya tomoni Qambarota - 1 va Norin GESlari qurilishiga sarmoya yotqizish majburiyatini bajarishga shoshilmayotganini esga olib, mazkur loyihani amalga oshirishga boshqa davlatlarning jalb qilinishi mumkinligini pisanda qilib o‘tgan edi.
Bu holat Rossiya rasmiylarini ancha tashvishlantirgan ko‘rinadi. Chunki hali Rossiya energetika vaziri Sergey Shmatkoning izi sovumay turib, Bishkekka Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov yetib keldi.
- Biz Rossiya vakillariga Qambarota-1 va Norin GESi qurilishi yuzasidan imzolangan shartnomaga asosan harakatlar dasturini 10 aprelgacha bizga taqdim qilishlari kerakligini aytdik. Agar Rossiya tomoni bu talabimizni bajarmasa, biz shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega bo‘lamiz, -dedi Qirg‘iziston bosh vaziri O‘murbek Babanov.
Biroq Rossiya tomoni belgilangan muddat kunini o‘zgartirish niyatida ekani 5 aprel kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Bishkekka kelishi bilan ma‘lum bo‘ldi. Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziriga ko‘ra, Kreml strategik gidroelektrostantsiyalar qurilishi yuzasidan harakatlar dasturini 15 apreldan keyin taqdim etishni taklif qilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, siyosatshunos Mars Sariyev Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasida siyosiy savdolashuv jarayoni bormoqda, degan fikrda:
- Mening fikrimcha, siyosiy savdolashuv bo‘lmoqda. Qirg‘iziston o‘z pozitsiyasidan chekinmoqchi emas. Qirg‘iziston mazkur loyihalarda 50 foizdan kam bo‘lmagan ulushga egadorlik qiladi. Rossiya esa qat‘iy pozitsiyada turgan qirg‘iz hukumatiga bosim ko‘rsata olmayapti, -deydi Mars Sariyev.
Ma‘lumotlarga ko‘ra, Rossiya tomoni Qambarota-1 va Norin GESlari aktsiyalarining 75 foizi o‘ziga berilishini talab qilmoqda. Mazkur GESlarning qurilishi natijasida hozir O‘zbekiston, Qozog‘iston va Tojikistonga elektr energiyasi sotayotgan Qirg‘iziston Rossiya, Xitoy, Pokiston va Afg‘onistonga ham elektr energiyasi eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Rossiya bu eksportni o‘z nazorati ostiga olish ishtiyoqida.
Biroq Qirg‘iziston tomoni Rossiyaga aktsiyalarning 50 foizdan ortig‘i berilmasligini, agar Kreml bunga rozi bo‘lmasa, loyihani boshqa davlatlar ishtirokida amalga oshirishini bildirgan.