Afg‘onistonda bu yil NATOning 100 harbiysi o‘ldi

Joriy yilda Afg‘onistonda NATOning 100 harbiysi halok bo‘lgan, ularning yarmidan ko‘pi amerikalik askarlardir.

Kecha Faryob viloyatidagi toliblar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida AQShning uch harbiysi o‘lgani xabar qilindi.

Bugun Farax viloyatida politsiya bo‘limiga bo‘lgan hujumda kamida sakkiz nafar politsiyachi nobud bo‘ldi.

Hujum uchun ma‘suliyatni toliblar o‘z zimmasiga olgani ma‘lum qildi.