Bangladesh Tijorat vaziri boshliq delegatsiya O‘zbekistondan paxta tolasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish kelishuviga erishish uchun Toshkentga keldi.
Shu haftada Bangladeshning Tijorat vaziri G‘ulom Husayn boshliq oliymaqom hay‘at o‘zbek paxtasini xarid qilish bo‘yicha shartnomalarga erishish uchun Toshkentga safar qildi.
Muddao Bangladeshning yirik daromad manbai bo‘lgan to‘qimachilik sanoati muhofazasini ta‘minlash.
Bangladesh mamlakat to‘qimachilik sanoati uchun zarur yillik 4 million tolaning 35 foizini vositachi shirkatlar orqali O‘zbekistondan oladi.
- Tashrifdan maqsad O‘zbekistondan paxta tolasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olishga erishish. Lekin bu bugun yo erta amalga oshadigan, oson hal qilinadigan masala emas. Bangladesh hukumati bu borada O‘zbekiston bilan yillardan beri muzokara olib bormoqda, lekin bu tezroq hal etilishiga umid qilyapmiz- deydi Bangladesh Paxta uyushmasi bosh kotibi Mehdi Ali.
Bangladeshdagi tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi shirkatlar o‘zbek paxtasini uchinchi mamlakatlardagi vositachilardan, asosan Jenevada joylashgan ta‘minotchilardan sotib oladi.
Bu ta‘minotchilar taklif etadigan narx esa xomashyo yetishtiruvchi narxiga solishtirganda ancha yuqori.
Bunaqa vaziyatda bangladeshlik to‘qimachilar uchun nisbatan arzonroq Hindiston paxtasini sotib olgan qulayroq ko‘rinadi.
- Hozir bangladeshlik yengil sanoatchilar bir tomondan Hindiston paxtasiga ham ko‘z tikishmoqda. Lekin, sifat jihatdan o‘zbek paxtasiga ham qiziqish katta,- deydi Mehdi Ali.
Bangladesh paxta bozorida yetakchilik qilib kelgan O‘zbekiston keyingi yillarda bu maqomni Hindistonga boy berayotgani kuzatildi.
Ikki yil avval Bangladesh paxta xom ashyosiga bo‘lgan o‘z extiyojining 60-65 foizini O‘zbekiston hisobiga qoplar edi. Hozir o‘zbek paxtasi Bangladesh yengil sanoatining 39 foizini tashkil etadi.
Ayni patda, Bangladesh paxtaga bo‘lgan extiyojining 30 foizidan ko‘pini Hindiston hisobidan qoplaydi.
O‘zbekiston har yili 3,5 million tonna atrofida paxta yetishtiradi, 1 million tonnadan ziyod tola ishlab chiqaradi.
G‘arb shirkatlari bolalar mehnati sabab o‘zbek paxtasiga boykot e‘lon qilganiga qaramay, o‘tgan yili O‘zbekiston 600 ming tonna paxta tolasi sotishga erishdi.
O‘zbekiston paxta sanoati keng miqyosdagi xalqaro tanqidlarga sabab bo‘lib keladi, sababi bu paxtani yetishtirishda bolalar mehnatidan foydalaniladi.
Majburiy bolalar mehnati sabab, so‘nggi yillarda qator xorijiy shirkatlar O‘zbekiston paxtasini olmay qo‘yishgan.
Yevropa va AQShning yetakchi shirkatlari Bangladesh hukumatini ham O‘zbekiston paxtasidan tayyorlangan kiyim-kechaklarni sotib olmasligi haqida ogohlantirgan edi.
- Marks&Spenser kabi shirkatlardan e‘tirozlar bizga ham kelib tushdi. Ular bolalar qo‘li bilan terilgan o‘zbek paxtasini qabul qilmaymiz deyishdi. Lekin bilishimcha, balki to‘g‘ridir, balki adashayotgandirman, O‘zbekistonda bolalar mehnati yo‘q,- deydi Bangladesh Paxta uyushmasi bosh kotibi Mehdi Ali.
Paxta eksport qilish bo‘yicha dunyoda uchinchi, paxta yetishtirish bo‘yicha esa, oltinchi o‘rinni egallovchi O‘zbekiston o‘z paxtasini asosan Xitoy, Rossiya, Eron, Bangladesh, Pokistonga sotadi.
O‘zbekiston paxta eksporti hajmining 40 foizi Rossiyaga to‘g‘ri keladi.