Isroilga safar qilayotgan AQSh Mudofaa vaziri Tehron rejimini yadro quroliga ega bo‘lish fikridan qaytarish uchun barcha imkon¸ jumladan harbiy amaliët qo‘llash ehtimoli ham ochiq qolayotganini ta‘kidladi.
Pentagon rahbari Leon Panettaning bu bayonoti uning Ashkelondagi “Temir Gumbaz” deb nomlangan raketalarga qarshi mudofaa tizimi bilan tanishuvi paytida yangradi.
Panettaga hamrohlik qilgan Isroil Mudofaa vaziri Exud Barak¸ neft savdosiga qaram Eron iqtisodiga nisbatan G‘arb sanktsiyalarini kuchaytirish Tehronni o‘z yadroviy ambitsiyalaridan qaytarishiga deyarli ishonmasligini bayon qildi.
Isroil mudofaa ob‘ektiga qilingan sayohat arafasida Leon Panetta AQSh va Isroilni nihoyatda kuchli rishtalar bog‘lab turgani va ikkala davlat ham o‘z xavfsizligini mudofaa qilish yo‘lida imkonida bor usullarni ishga solajagini ta‘kidladi.
- Davlatlarimiz o‘rtasida nihoyatda kuchli bog‘lanish bor. Bu nafaqat do‘stlik rishtalari¸ balki xavfsizlik sohasidagi yaqinlik hamdir. Ikkala davlat ham imkon darajasidagi eng kuchli xavfsizlikka ega bo‘lish va mamlakatlarimizni mudofaa qilishda hech narsadan tap tortmaslik borasida yakdildir¸ dedi Leon Panetta Tel-Avivda.
Panettaning Isroil rahbarlari¸ xususan Bosh vazir Benyamin Netanyahu bilan muzokaralarida asosan Eron tahdidiga qanday javob qaytarish masalasi muhokama etilmoqda.
Isroil Bosh vaziri bilan so‘zlashuv arafasida¸ unda Eronga nisbatan qanday choralar qo‘llash masalasi tilga olinishini bildirsa-da¸ AQSh Mudofaa vaziri¸ o‘zining Netanyahu bilan Tehronga qarshi ehtimoliy harbiy hujum rejasini muhokama qilmasligini ta‘kidladi.
Rasmiy Tehron yillardan beri o‘z yadroviy dasturi tinch maqsadlarga qaratilganini ta‘kidlab kelayotgan bo‘lsa-da¸ G‘arb davlatlari¸ ayniqsa Isroil bu dastur pirovard maqsadi yadro quroli yaratish ekanini iddao qilmoqda.
Isroil yadroviy qurolga ega Islomiy jumhuriyat o‘z borlig‘i uchun asosiy tahdidga aylanishidan cho‘chimoqda. Tehrondagi oyatullohlar rejimi 1979 yildan beri Isroilni davlat sifatida tan olishdan bosh tortib keladi.
Hozircha Obama hukumati Eronni yadroviy qurolga ega bo‘lish fikridan qaytarishning ma‘qul yo‘li sifatida iqtisodiy va moliyaviy sanktsiyalarni tanlagan.
Panettaning Isroil safari arafasida AQSh Eronga joriy etilgan xalqaro sanktsiyalarni chetlab o‘tishga yordam bergan Xitoy va Iroq banklariga nisbatan jazo choralari qo‘lladi.
Bunday harakatga munosabat bildirgan Eron prezidenti Mahmud Ahmadiynajod¸ G‘arb sanktsiyalarini yonilg‘iga chanqoq dunyo bozoridan Eron neftini chiqarib tashlashga qaratilgan siyosiy urush deya baholadi.
G‘arb matbuotiga ko‘ra¸ Eron Markaziy banki direktori Mahmud Bahmaniy¸ Tehronga nisbatan joriy qilingan iqtisodiy sanktsiyalar mamlakatga harbiy urushdan kam bo‘lmagan darajada ziyon yetkizayotganini e‘tirof etgan.