MDH davlatlararo statistika qo‘mitaci hamdo‘stlikka a‘zo mamlakat poytaxtlari aholisining o‘rtacha daromadiga oid ma‘lumotni e‘lon qildi. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘z poytaxtlariga statistika qo‘mitasiga bunday axbrotni taqdim qilmadi.
MDH davlatlararo statistika qo‘mitaci rasmiylariga ko‘ra, Toshkent bilan Ashxobod aholi o‘rtacha daromadiga oid ma‘lumotlarni qo‘mitaga taqdim etmay kelyapti.
- O‘zbekiston bu boradagi statistik ma‘lumotni anchadan buyon bermay keladi. Taqdim etishsa jon deb buni e‘lon qilgan bo‘lar edik,- dedi Ozodlik bilan suhbatda MDH davlatlararo statistika qo‘mitasi matbuot vakili Yelena Skoptsova.
MDH davlatlararo statistika qo‘mita ma‘lumotlariga qaraganda, Rossiya poytaxti aholisi o‘tgan yili hamdo‘stlikka a‘zo boshqa davlatlar poytaxtlari aholisiga nisbatan eng ko‘p daromad – oyiga o‘rtacha 43272 rubl (qariyb 1300 AQSh dollari) olgan.
Ikkinchi o‘rinda Ostona aholisi – 26424 rubl (800 AQSh dollari); bokuliklar esa 19049 rubl (550 AQSh dollari) bilan uchinchi o‘rinda.
Oylik daromadning o‘sish ko‘rsatkichi bo‘yicha o‘tgan yili Qirg‘iziston birinchi o‘ringa chiqqan. Bu mamlakatda o‘rtacha daromad miqdori 31,3 foizga o‘sgan. Tojikistonda bu ko‘rsatkich 18,7 foizni, Qozog‘istonda 13,9 foizni tashkil qilgan.
- Biz bu raqamlarni shu davlatlar tadqim etgan ma‘lumotlar va o‘z mutaxassislarimiz tahlillariga asoslangan xolda e‘lon qildik,- dedi Skoptsova.
O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasidan bu haqda hozircha ma‘lumot olaolmadik. O‘zbekistonda 1 avgustdan eng kam ish haqi prezident farmoni bilan 72 355 so‘m qilib belgilandi. Bu "qora bozor" kursida 25 AQSh dollariga teng deganidir.
O‘zbekistonda o‘rtacha statistik oilaning daromadi 100-150 AQSh dollarini tashkil qilishi taxmin qilinadi.
Lekin, Toshkentda bunday kun kechirib bo‘lmasligini aytadi poytaxtliklar.
- Hozir oylik doxodingiz (daromadingiz demoqchi-tahr.) o‘rtacha 500 dollar bo‘lmasa Toshkentda och qolasiz,- deydi poytaxtning Farxod bozorida savdogarlik qiladigan Adham aka.
O‘z ismini aytmagan toshkentlik tadbirkorlardan biri esa, poytaxtda yaxshi yashash uchun oylik 10 mingdan kam bo‘lmasligi kerak, ko‘kida, deydi.
- Shunaqa davralar bor, oylik daromadingiz 15 ming dollardan past bo‘lsa u yerda hech kim siz bilan hisoblashmaydi,- deydi toshkentlik tadbirkor.
Toshkentlik kuzatuvchi Komron Aliyevning aytishicha, poytaxtda och qolmaslik uchun oyiga kamida 250 dollar topish kerak.
- Bu yerda odam yiqilib qolmasligi uchun, ko‘chada ochdan o‘zini tashavormasligi uchun oylik kamida 450 ming so‘m, ya‘ni 250 dollar atrofida bo‘lishi kerak. Masalan, men 360 ming so‘m nafaqa olaman. Farzandlarim yordam qilmasa, bu nafaqaga Toshkentda yashab bo‘lmaydi,- deydi Komron Aliyev.
O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bir yil avval Mustaqillik bayrami kuni munosabati bilan qilgan nutqida mamlakatda o‘rtacha maosh miqdori 500 AQSh dollarni tashkil etishini ta‘kidlagan edi.
"Yalpi ichki mahsulotimizning o‘sishi taxminan 3,5 karra, aholi jon boshiga hisoblaganda 2,5 barobar oshgani, o‘rtacha oylik ish haqi esa shu yilning oxirigacha qariyb 500 AQSh dollarini tashkil qilib, taxminan 14 karraga ko‘payadi",- deb aytgan edi Islom Karimov.
Lekin, O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi o‘rtacha maosh qanchaligi borasida ma‘lumotlarni ochiqlamagan.