Pussy Riot guruhi a‘zolari televideniye orqali kechirim so‘rash taklifini rad etishdi.
Iso Masih cherkovida Vladimir Putinga qarshi “pank ibodat” uyushtirgani uchun ikki yilga qamalgan Pussy Riot a‘zolariga “Inson va Qonun” teledasturi orqali chiqish qilib, o‘z qilmishlari uchun kechirim so‘rash taklifi tushgan edi.
Buning evaziga taniqli teledastur rahbariyati mahkumalarga belgilangan jazoni qisqartirishga harakat qilishi va‘da qilingan.
Advokat Nikolay Polozovga ko‘ra, Pussy Riot ushbu “haqoratomuz” taklifni rad etdi va hukm bo‘yicha apellyatsiya sudiga murojaat qilmoqchi.
17 avgust kuni Moskvaning Xamovnicheskiy sudi Pussy Riot a‘zolari bo‘lgan Mariya Alyoxina, Nadejda Tolokonnikova hamda Yekaterina Samutsevichni Iso Masih ibodatxonasida bezorilik qilganlikda aybdor deb topib, ikki yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqargandi.