Rossiyaning Kaliningrad shahrida bugun bo‘lib o‘tgan final o‘yinida o‘zbekistonlik futbolchilar rossiyalik raqiblari ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, yana bir karra jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritishdi.
O‘zbekistonlik futbolchilar g‘alabasi bilan yakunlangan so‘nggi o‘yindagi yagona golga Haydarali Tursunboyev mualliflik qildi. Shu tariqa Mavzurxo‘ja Umarxo‘jayev rahbarligidagi O‘zbekiston terma jamoasi jahondagi eng kuchli komanda ekanini yana bir bor isbotladi.
O‘zbekistonlik futbolchilar 2007 yili Turkiyada va 2010 yili Argentinada bo‘lib o‘tgan chempionatlarda ham g‘oliblik nash‘asini surgandilar.
E‘tiborga sazovor joyi shundaki, o‘zbekistonlik futbolchilar bu galgi chempionat chog‘ida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramaganlar, balki qariyb barcha o‘yinlarda o‘z raqiblarini yirik hisob bilan dog‘da qoldirganlar.
Xususan, 13 oktyabr kuni yarim finalda Argentina terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan o‘zbek futbolchilari raqiblarini 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandilar.
O‘zbekistonlik nogiron futbolchilar Toshkentga 18 oktyabr kuni qaytishi kutilmoqda.