Sloveniyaning Maribor shahrida 7 noyabrdan 19 noyabrgacha shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida toshkentlik Nodirbek Abdusattorov 8 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar orasida jahon chempioni bo‘ldi.
Shaxmat dunyosiga 4,5 yoshida kirib kelgan Nodirbek oradan 3,5 yil o‘tib jahon chempioniga aylandi.
Ozodlik 20 noyabr kuni Maribordan Toshkentga yetib kelgan jajji chempionni suhbatga tortdi.
- Men Mariborda 8 yoshgacha bolalar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldim. 94 mamlakat ichida birinchi o‘rinni oldim. Shundan xursandman, dedi Nodirbek.
Quyida Nodirbek bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin.
Nodirbek jahon chempionatida 11 partiyadan 10 ochko to‘plab, oltin medal uchun bahsda o‘z raqiblariga imkon qoldirmadi.
Nodirbek 5 yoshida Toshkent shahar chempionligini qo‘lga kiritgan. 6 yoshida esa O‘zbekiston chempioniga aylandi.
6,5 yoshidan boshlab xalqaro miqiyosdagi musobaqalarda ishtirok etishni boshladi. 2011 yilda Filippinda o‘tkazilgan Osiyo birinchiligida bronza medalini oldi. Shuningdek, o‘tgan yilning dekabr oyida Hindistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 7 yoshdagi shaxmatchilar orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Osiyo chempioni degan unvonga sazovar bo‘ldi.
Nodirbek Toshkent shahri Hamza tumanidagi 152-maktabning ikkinchi sinfida o‘qiydi. Matematika uning eng sevimli fani. Nodirbek kelgusida shaxmat bilan professional darajada shug‘ullanmoqchi. Har holda uning va ota-onasining xohishi shunday.
Mariborda o‘tgan bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida Nodirbekning 14 yoshli opasi Bahora ham ishtirok yetib, to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.
Bahora shaxmat bo‘yicha ikki karra jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
Oiladan Nodirbekning akasi Ohunjon ham professional ravishda shaxmat bilan shug‘ulgan.
Farzandlari muvaffaqiyatidan quvongan ota - Fazliddin Ochilovning Ozodlikka aytishicha, bolalarining professional shaxmat olamiga kirib kelishi uchun astoydil harakat qilgan.
- Nodirbekning shaxmatga qiziqib kirib kelishiga akasi bilan opasi sababchi bo‘lgan. Akasi, opasi shug‘ullanadi. Opasi 13 yoshda. Katta o‘g‘lim hozir shug‘ullanmaydi. Lekin birinchi razryadi bor. Hozir kollejda o‘qiydi. Farzandlarimning shaxmatga qiziqishiga o‘zim sababsiman. Men ham yoshligimda shaxmat bilan shug‘ullanganman. Musobaqalarda qatnashganman. Juda unaqa o‘rinlar bo‘lmaganu, tumandan viloyatgacha chiqqanmiz. Maktab o‘quvchisi bo‘lgan paytdada. Keyin vaqt bo‘lmagan, boshqa ishlar bilan shug‘ullanganmiz. Katta o‘g‘lim 2-sinf, qizim 1-sinf payti shaxmat olib kelib o‘rgatib, ko‘rsatib, keyin maktabda, maktabdan tumanga, tumandan shaharga, shunday qilib shaxmatga kirib kelishdi. Trenerlar ko‘rib qolib qizimni, o‘g‘limni jalb qilishdi. Ularning orqasidan yurib, bog‘chada payti Nodirbekni oyisi birga olib borardi aka-opasining mashg‘ulotiga. Nodirbek shu mashg‘ulotga borganda yonida yurib qiziqib keyin shaxmatga kirib ketdi, deydi Fazliddin Ochilov.
Fazliddin aka Nodirbekni 4,5 yoshida Toshkentdagi 15-sonli Bolalar-o‘smirlar sport maktabiga bergan.
Nodirbekning akasi Ohunjon hozirda Toshkentdagi Aviasozlik kollejida o‘qiyapti. Ohunjon kelajakda uchuvchi bo‘lmoqchi.
Nodirbekning opasi Bahora esa shaxmatdan tashqari musiqaga ham qiziqadi. Bahora musiqa maktabida dutor chalish bo‘yicha tahsil olgan.
Lekin 42 yoshli Fazliddin aka kenja o‘g‘li Nodirbekning professional shaxmat bilan shug‘ullanishni davom ettirishini xohlayapti.
- Endi shu Nodirbek shaxmat bilan professional shug‘ullanmoqchi. Mana shaxmat bo‘yicha Milliy terma jamoaga qabul qilingan. Xudo xohlasa mana Rustam Qoismjonovday, Anton Filipovday grossmeyster bo‘lib O‘zbekiston sharafini himoya qiladi, dedi Fazliddin Ochilov.
Fazliddin Ochilov bilan suhbatni quyida to‘liq tinglashingiz mumkin.
Jajji chempion
Shaxmat dunyosiga 4,5 yoshida kirib kelgan Nodirbek oradan 3,5 yil o‘tib jahon chempioniga aylandi.
Ozodlik 20 noyabr kuni Maribordan Toshkentga yetib kelgan jajji chempionni suhbatga tortdi.
- Men Mariborda 8 yoshgacha bolalar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldim. 94 mamlakat ichida birinchi o‘rinni oldim. Shundan xursandman, dedi Nodirbek.
Quyida Nodirbek bilan suhbatni to‘liq tinglashingiz mumkin.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Nodirbek jahon chempionatida 11 partiyadan 10 ochko to‘plab, oltin medal uchun bahsda o‘z raqiblariga imkon qoldirmadi.
6,5 yoshidan boshlab xalqaro miqiyosdagi musobaqalarda ishtirok etishni boshladi. 2011 yilda Filippinda o‘tkazilgan Osiyo birinchiligida bronza medalini oldi. Shuningdek, o‘tgan yilning dekabr oyida Hindistonda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 7 yoshdagi shaxmatchilar orasida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, Osiyo chempioni degan unvonga sazovar bo‘ldi.
Nodirbek Toshkent shahri Hamza tumanidagi 152-maktabning ikkinchi sinfida o‘qiydi. Matematika uning eng sevimli fani. Nodirbek kelgusida shaxmat bilan professional darajada shug‘ullanmoqchi. Har holda uning va ota-onasining xohishi shunday.
Shaxmatchilar oilasi
Mariborda o‘tgan bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha jahon chempionatida Nodirbekning 14 yoshli opasi Bahora ham ishtirok yetib, to‘qqizinchi o‘rinni egalladi.
Bahora shaxmat bo‘yicha ikki karra jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.
Oiladan Nodirbekning akasi Ohunjon ham professional ravishda shaxmat bilan shug‘ulgan.
- Nodirbekning shaxmatga qiziqib kirib kelishiga akasi bilan opasi sababchi bo‘lgan. Akasi, opasi shug‘ullanadi. Opasi 13 yoshda. Katta o‘g‘lim hozir shug‘ullanmaydi. Lekin birinchi razryadi bor. Hozir kollejda o‘qiydi. Farzandlarimning shaxmatga qiziqishiga o‘zim sababsiman. Men ham yoshligimda shaxmat bilan shug‘ullanganman. Musobaqalarda qatnashganman. Juda unaqa o‘rinlar bo‘lmaganu, tumandan viloyatgacha chiqqanmiz. Maktab o‘quvchisi bo‘lgan paytdada. Keyin vaqt bo‘lmagan, boshqa ishlar bilan shug‘ullanganmiz. Katta o‘g‘lim 2-sinf, qizim 1-sinf payti shaxmat olib kelib o‘rgatib, ko‘rsatib, keyin maktabda, maktabdan tumanga, tumandan shaharga, shunday qilib shaxmatga kirib kelishdi. Trenerlar ko‘rib qolib qizimni, o‘g‘limni jalb qilishdi. Ularning orqasidan yurib, bog‘chada payti Nodirbekni oyisi birga olib borardi aka-opasining mashg‘ulotiga. Nodirbek shu mashg‘ulotga borganda yonida yurib qiziqib keyin shaxmatga kirib ketdi, deydi Fazliddin Ochilov.
Fazliddin aka Nodirbekni 4,5 yoshida Toshkentdagi 15-sonli Bolalar-o‘smirlar sport maktabiga bergan.
Nodirbek kelajakda xalqaro grossmeyster bo‘ladi