O‘zbekistonning yangi tashkil topgan xokkey ligasi muz ustida xokkey bo‘yicha ilk chempionatini o‘tkazmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi rasmiylari Ozodlikka ma‘lum qildi.
O‘zbekistonda dastlabki xokkey musoboqalari shu oy o‘rtalarida mamlakatdagi mavjud to‘rtta jamoa – “Binokor”, “Bars”, “Oq ayiqlar” va “Akulalar” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi uchrashuvda “Bars” jamoasi “Binokor”ni 5:4 hisobida mag‘lub etdi.
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligining ommabop sportni rivojlantirish bo‘limi mas‘ullaridan biri Shavkat Jalilovning aytishicha, yaqin oylarda O‘zbekiston terma jamoasi tashkil etilib, ularning Kanada xokkey faxriylari bilan uchrashuvi ham rejalashtirilmoqda:
- Agar ishlar shu zaylda borsa, kanadaliklar mart oyida Toshkentga keladi. Bundan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan ham o‘yin bo‘ladi. Aprel oyida hozir mavjud to‘rtta jamoadan yaxshi xokkeychilarni to‘plab, Birlashgan Arab Amirliklarida an‘anaviy tarzda o‘tkaziladigan xalqaro turnirda qatnashamiz¸ deydi Jalilov.
Xokkey musoboqalari Toshkentning “Furqat” nomli madaniyat va istirohat bog‘idagi “Ice Avenue” muz saroyida o‘tkazilmoqda.
“Binokor” xokkey jamoasi sardori Alisher Azimov O‘zbekiston Xokkey ligasi rahbari etib tayinlandi.
O‘tgan asrning 70- yillarida Toshkentning “Binokor” xokkey jamoasi sobiq Sovet Ittifoqida tanilgan jamoalardan edi.
Jamoa Toshkentda 1971 yilda barpo etilgan “Yubileyniy” muz saroyida shaybo surib kelgan.
Avvaliga nomi Spartak bo‘lgan, keyin “Glavtashkentstroy” homiyligiga o‘tkazilgan “Binokor” jamosi 1973 yilda xokkey bo‘yicha SSSR birinchiligi bo‘yicha musoboqalarda uchinchi o‘rinni olishga muvaffaq bo‘lgan.
Shuningdek, o‘zbekistonlik xokkey sporti muxlislari 1979 yilgi “Oltin boshoq” xalqaro xokkey chempionatida “Binokor”ning GDR va Chexoslovakiyaning taniqli jamoalari ustidan erishgan g‘alabalarini ham eslashsa kerak.
Toshkentning “Binokor” jamoasi saksoninchi yillarda ham Sovet Ittifoqi komandalari orasida yuqorgi o‘rinlarda bo‘lib keldi.
Sovet Ittifoqi parchalanib, O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach mamlakatda xokkey sporti barbod bo‘ldi.
Toshkentdagi “Yubileyniy” muz saroyi buzilib, “Alpomish” sport majmuiga, keyinchalik butunlay qayta rekonstruktsiya qilinib, ko‘rgazmalar markaziga aylantirildi.
Endilikda, Toshkentning sobiq “Binokor” jamoasining bir guruh a‘zolari O‘zbekistonda xokkey sportini qayta tiriltirishga bel bog‘lashmoqda:
- Ish endi boshlanayapti, hammasi boshlang‘ich bosqichda. “Binokor” jamoasi boshqatdan tashkil qilindi. Endi sekin-sekin hammasi bir kunda bo‘lmaydiku, deydi O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati rahbari Hondil Madraimov.
Ayni paytda Toshkentda yangi professional xokkey maydoni, xokkey maktablari barpo etish borasida homiylar bilan muzokaralar olib borilmoqda. O‘zbekistonda xokkey maktabini tiklash uchun Slovakiya va Serbiyadan murabbiylar taklif etiladi:
- Eng muhimi O‘zbekistonda xokkeyga qiziqish bor. Har-xil yoshdagilar xokkey o‘ynashga qiziqyapti, ko‘plab ota-onalar farzandlarini shu sportga bermoqchi. Hozir chet davlatlardan mutaxassislar, murabbiylarni olib kelib, xokkey maktabini rivojlantiramiz , deydi O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligining ommabop sportni rivojlantirish bo‘limi mas‘ullaridan biri Shavkat Jalilov.
Xokkey sporti rivojlangan Shvetsiya va Kanada kabi mamlakatlarda boshpana topgan o‘zbekistonlik ayrim oilalar farzandlari orasida qishki sport turlari, jumladan muz ustida xokkey sportini o‘zlashtirayotganlar ancha.
Shvetsiyaning Gyoteborg shahrida yashaydigan 13 yashar asli qashqadaryolik Ixtiyor to‘rt yildan beri xokkey sporti bilan shug‘ullanishini aytadi:
- Bizda bu yerda maktabdan xokkey o‘rgatiladi. Deyarli har bir maktabda muz maydonchasi bor. Xokkeychilar kiyadigan kiyimlarimiz, kaska va haligi himoya anjomlarimizni ham bepul berishadi, deydi Ixtiyor.
Shvetsiyada yetti yil avval boshpana topgan o‘zbekistonlik jurnalist To‘lqin Qorayevning aytishicha, agar sharoit bo‘lsa o‘zbeklardan ham xokkey yulduzlari chiqishi mumkin:
- Bu yerda hamyurtlarimizni farzandlari nafaqat xokkey, muz ustida figurali uchish bilan shug‘ullanishadi. Chunki, sharoit bor, iqlim sharoitlari bor. Deyarli har bir mahallada muz saroylari bor. O‘zbekistonda xokkey sportini rivojlantiramiz deyishyapti, lekin iqlim sharoiti yo‘qku u yerda. Muz maydonchalari yo‘qku, O‘zbekistonda xokkey sportini tiriltirish, bu xom xayollik, deydi Qorayev.
Kanadaning Vankuver shahrida yashovchi Ilhom aka esa O‘zbekistonda xokkey ligasi tuzilayotganidan mamnun ekanini aytadi:
- Tuzishsin, O‘zbekistonni ham Kanada bilan o‘yinini ko‘raylik axir. Juda eplay olishmasa, farzandlarimizni xokkeyga shu yerda o‘rgatamiz, O‘zbekistonga qaytib borganimizda O‘zbekiston milliy jamoasida o‘ynashar, deb kuladi Ilhom aka.
O‘zbekistonda dastlabki xokkey musoboqalari shu oy o‘rtalarida mamlakatdagi mavjud to‘rtta jamoa – “Binokor”, “Bars”, “Oq ayiqlar” va “Akulalar” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi uchrashuvda “Bars” jamoasi “Binokor”ni 5:4 hisobida mag‘lub etdi.
O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligining ommabop sportni rivojlantirish bo‘limi mas‘ullaridan biri Shavkat Jalilovning aytishicha, yaqin oylarda O‘zbekiston terma jamoasi tashkil etilib, ularning Kanada xokkey faxriylari bilan uchrashuvi ham rejalashtirilmoqda:
- Agar ishlar shu zaylda borsa, kanadaliklar mart oyida Toshkentga keladi. Bundan tashqari, Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasi bilan ham o‘yin bo‘ladi. Aprel oyida hozir mavjud to‘rtta jamoadan yaxshi xokkeychilarni to‘plab, Birlashgan Arab Amirliklarida an‘anaviy tarzda o‘tkaziladigan xalqaro turnirda qatnashamiz¸ deydi Jalilov.
Xokkey musoboqalari Toshkentning “Furqat” nomli madaniyat va istirohat bog‘idagi “Ice Avenue” muz saroyida o‘tkazilmoqda.
“Binokor” xokkey jamoasi sardori Alisher Azimov O‘zbekiston Xokkey ligasi rahbari etib tayinlandi.
Hammasi bo‘ladi okey, o‘zbeklar ham o‘ynaydi xokkey
O‘tgan asrning 70- yillarida Toshkentning “Binokor” xokkey jamoasi sobiq Sovet Ittifoqida tanilgan jamoalardan edi.
Jamoa Toshkentda 1971 yilda barpo etilgan “Yubileyniy” muz saroyida shaybo surib kelgan.
Avvaliga nomi Spartak bo‘lgan, keyin “Glavtashkentstroy” homiyligiga o‘tkazilgan “Binokor” jamosi 1973 yilda xokkey bo‘yicha SSSR birinchiligi bo‘yicha musoboqalarda uchinchi o‘rinni olishga muvaffaq bo‘lgan.
Toshkentning “Binokor” jamoasi saksoninchi yillarda ham Sovet Ittifoqi komandalari orasida yuqorgi o‘rinlarda bo‘lib keldi.
Sovet Ittifoqi parchalanib, O‘zbekiston mustaqil bo‘lgach mamlakatda xokkey sporti barbod bo‘ldi.
Toshkentdagi “Yubileyniy” muz saroyi buzilib, “Alpomish” sport majmuiga, keyinchalik butunlay qayta rekonstruktsiya qilinib, ko‘rgazmalar markaziga aylantirildi.
Endilikda, Toshkentning sobiq “Binokor” jamoasining bir guruh a‘zolari O‘zbekistonda xokkey sportini qayta tiriltirishga bel bog‘lashmoqda:
- Ish endi boshlanayapti, hammasi boshlang‘ich bosqichda. “Binokor” jamoasi boshqatdan tashkil qilindi. Endi sekin-sekin hammasi bir kunda bo‘lmaydiku, deydi O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligi matbuot xizmati rahbari Hondil Madraimov.
Ayni paytda Toshkentda yangi professional xokkey maydoni, xokkey maktablari barpo etish borasida homiylar bilan muzokaralar olib borilmoqda. O‘zbekistonda xokkey maktabini tiklash uchun Slovakiya va Serbiyadan murabbiylar taklif etiladi:
- Eng muhimi O‘zbekistonda xokkeyga qiziqish bor. Har-xil yoshdagilar xokkey o‘ynashga qiziqyapti, ko‘plab ota-onalar farzandlarini shu sportga bermoqchi. Hozir chet davlatlardan mutaxassislar, murabbiylarni olib kelib, xokkey maktabini rivojlantiramiz , deydi O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligining ommabop sportni rivojlantirish bo‘limi mas‘ullaridan biri Shavkat Jalilov.
O‘zbekistonni ham Kanada bilan o‘yinini ko‘raylik axir