18 avgustdan boshlab Toshkentdagi yonilg‘i quyish shoxobchalarida benzin taqchilligi yuzaga keldi. Joylardan olingan ma‘lumotlarga qaraganda, keyingi kunlarda yonilg‘i taqchilligi ayrim viloyatlarda ham kuzatilmoqda. “O‘zneftmahsulot” aktsiyadorlik kompaniyasi vakili vaziyatni izohlashni istamadi.
Ozodlikning Toshkentdagi hamkorlaridan biri poytaxt yonilg‘i shoxobchalarida vujudga kelgan vaziyatni mana bunday tasvirladi:
- Kecha kechga yaqin zapravkalar oldida navbat ikki-uch kilometrga cho‘zilib ketdi. Bir xil zapravkalar yo‘lni umuman yopib qo‘ydi. Bugun (19 avgust – tahr.) ertalab ham navbat kattaligini, biroq kecha kechqurungichalik emasligini ko‘rdim. Kecha, masalan, Qoratosh mavzeidagi zapravka oldida, Ko‘kchadan “Istiqlol” saroyiga ketadigan yo‘ldagi 5 ta polosaning to‘rttasi to‘xtab qoldi. Chunki benzinga navbatga turgan mashinalar ko‘chagacha chiqib ketgan edi. Qo‘yliqdayam shunaqa holat kuzatildi. Bugun ertalab navbat biroz qisqarganday. Har bir qatorda 20, 30 tadan mashina turibdi, deb xabar qildi Ozodlikning Toshkentdagi hamkori.
Ozodlik muxbiri poytaxtdagi bir qator yonilg‘i shoxobchalari bilan bog‘landi.
- Bizda hozir ham ocheredь. Har kungidan ko‘proq. Sababini bilmadim,- dedi shoxobcha xodimi.
Boshqa shoxobchalar vakillaridan ham aynan shu taxlit gap eshitdik.
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida yashaydigan tinglovchimizning aytishicha, yonilg‘i bu viloyatda ham taqchil. “Bizda benzin ham, dizelь yonilg‘isi ham taqchil”, dedi u.
Sirdaryolik Husniddin esa, kuni kecha Toshkentga ketayotib kuzatgani manzarani tasvirlab berdi.
- Sirdaryoda, betonkada (Toshkent yo‘li – tahr.) katta zapravka bor. Navbatda 21 ta mashina turganini sanadim. Mashinamiz yonilg‘i quyib chiqishini 1 soatu 20 minut kutdik, dedi Husniddin.
Ayni paytda, ma‘lumotlarga qaraganda, Farg‘ona viloyati tumanlarida yonilg‘i taqchilligi sezilgani yo‘q. Har holda 19 avgust kuni ertalab “shoxobchalarda navbat yo‘q edi”, deyishdi farg‘onaliklar.
Biroq viloyat markazida keyingi paytlarda yonilg‘i taqchilligi kuzatilgani, “zapravkalar navbati bilan ishlagani, bu holat shaharda olib borilayotgan keng ko‘lamli rekonstruktsiya ishlari bilan izohlangani” aytildi.
Toshkentda va ayrim viloyatlarda kuzatilayotgan taqchillik sabablarini so‘rab, “O‘zneftmahsulot” aktsiyadorlik kompaniyasi dispetcherlik xizmati bilan bog‘landik.
Xizmat vakili savolimizga javob berishni istamadi.
- Bunaqa ma‘lumot sizga berilmaydi, dedi u.
Lekin ayni paytda “benzin taqchilligi yo‘q”, degani ham yo‘q.
Ba‘zi tahlilchilar fikricha, shu kunlarda kuzatilayotgan taqchillik paxta yig‘im-terimiga tayyorgarlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biroq bu fikrga tahlilchi Abdusalom Ergashev qo‘shilmaydi.
- Xuddi shunday sabab bilan oldingi yillarda viloyatlarda benzin kamaytirilsa, Toshkentda bunday bo‘lmas edi. Taqchillik sababi boshqa narsa bilan bog‘liq bo‘lsa kerak. Toshkentni benzin bilan Chinozdagi “Paxta” neft bazasi ta‘minlaydi. O‘sha joyda tekshiruv boshlangan yoki ta‘minotda uzilish yuz bergan bo‘lishi mumkin, dedi tahlilchi Abdusalom Ergashev.
Keyingi kunlarda kuzatilayotgan yonilg‘i tqchilligiga O‘zmetronom sayti ham e‘tibor qaratdi. Sayt fikricha, taqchillik mamlakat o‘z boshidan “energetik bo‘hronni kechirayotgani” bilan izohladi.
“O‘zmetronom”ga ko‘ra, bu bo‘hron poytaxtda viloyatlardagi darajada sezilmayapti. Sayt viloyatlarda yonilg‘i Toshkentdagidan 66 foizga qimmatligi to‘g‘risida ham yozdiki, Ozodlik o‘z vaqtida bu mavzuni joriy yil bahorida yoritgan edi.
Surxondaryoning Sho‘rchi tumanida yashaydigan tinglovchimiz 19 avgust kuni bunday dedi:
- Hozir 1 litr solyarka 6 yarim ming so‘m. Benzin 1 litri 4 ming so‘m. 2 oy oldin benzin 3, solyarka 5 ming so‘m edi. Mashinalarning ko‘pi gazga o‘tkazilgan.