Jizzax shahrida qonuniy kirakashlik qilayotgan Jahongir Tursunov Jizzax viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi inspektori tomonidan kaltaklandi. Taksi haydovchisining aytishicha, u yo‘l harakati qoidasni buzmagan bo‘lsada, inspektor uni kaltaklagan va kiyimini yirtgan. Biroq yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bu iddaoni rad etmoqda.
Jizzax shahrida istiqomat qiladigan 41 yoshli taksi haydovchisi Jahongir Tursunov 5 sentyabr kuni kuppa-kunduz Jizzax viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektori Asliddin Sadriddinov tomonidan kaltaklandi.
Ozodlik bu voqeani surishtirish jarayonida taksi haydovchisi Jahongir Tursunovni topishga muvaffaq bo‘ldi. Kirakashning Ozodlikka aytishicha, u qoidani buzmagan bo‘lsa ham inspektor o‘zini so‘kib¸ urgan:
- Men “Jizzaxeskpresstrans” tashkilotida litsenziyali taksistman. Hamma hujjatlarim joyida. Yo‘l harakati to‘g‘risidagi qoidalarda to‘xtashni taqiqlovchi 3.27 belgi bor. Biz litsenziyali taksichi ekanmiz, qoidaga ko‘ra bu belgi bor joyda, ostanovkalarda to‘xtash huquqimiz bor. Men Orom dehqon bozori bekatida odam tushirib, odam olayotgan paytimda GAI xodimi kelib hujjat so‘radi. Hujjatlarni berdim. Senga to‘xtash mumkin emas, oformit qilamiz, moshinaningni shtrafploshadkaga qo‘yamiz deb aytdi, deydi Jahongir Tursunov.
Haydovchi shundan keyin o‘zining qoida buzmagani, protokol tuzishga inspektorning haqqi yo‘qligini izohlab, tortishganini aytadi:
- Men unga aytdim, mana qancha litsenziyasiz taksistlar to‘xtab odam olayapti, tushirayapti. Nega ularga indamaysanu, men haq bo‘lsamda jazolaysan, deb. Moshinani hujjatlarini bermaganimdan keyin, u mening qornimga mushtlab, ikki-uch marta urdi. Shimimdan tortib, uni yirtib tashladi. Eng yomoni¸ meni onangni... deb haqorat qildi. Onadan kelgandan keyin men uni kechirmayman, deydi Jahongir Tursunov.
Haydovchi shundan so‘ng, mashinasini tashlab birinchi yordam olish uchun viloyat markaziy kasalxonasiga murojaat qilgan. Kasalxonada uchastka inspektori uni kim urganligi haqida tushuntirish xatlari olib hujjatlashtirgan va ishni prokuraturaga topshirishini aytgan.
Ozodlik bu voqeaga munosabat olish maqsadida Jizzax viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan bog‘lanib, inspektor Asliddin Sadriddinovni topishga harakat qildi.
O‘zini tanishtirmagan boshqarma mulozimi Asliddin Sadriddinovning bugun ishdan javob olganligini aytar ekan, ikki soatdan so‘ng yana bog‘lanishimizni va bu voqeani surishtirib javob berishini aytdi.
Ikki soatdan so‘ng yana Ozodlik bilan suhbatlashgan boshqarma mulozimi inspektor Asliddin Sadriddinovning taksi haydovchisini urganligini rad qildi:
- Asliddin Sadriddinovni o‘zini topolmadik, qo‘l telefoni o‘chirilgan. Lekin u bilan o‘sha kuni birga xizmatda bo‘lgan inspektor bilan gaplashdim. Uning aytishicha, o‘sha taksist yo‘lning o‘rtasida turib odam olayapti ekan, harakatni cheklab qo‘yibdi. Tortishuv o‘shandan chiqqan ekan. Lekin urgan, so‘kkan yo‘q, deyapti. Endi qolganini o‘zi ertaga ishga kelgandan keyin bilamiz, dedi viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mulozimi.