Apple shirkati mahsulotlarining eng ashaddiy muhlislari 9 sentabr kuni e‘lon qilinajak iPhone 6 smartfonini birinchilardan bo‘lib sotib olish uchun Nyu-Yorkdagi mashhur Apple Store do‘koni oldida navbatga turishni boshladilar.
Rasman tasdiqlanmagan xabarlarga ko‘ra, bu yili Apple ekranining kattaligi 4,7 va 5,5 dyuymli, ya‘ni oldingi versiyalaridan kattaroq ikkita iPhone modelini taqdim etadi.
Yangi smartfonlar savdoga 19 sentabr kuni chiqishiga qaramasdan Nyu-Yorkning Beshinchi avenyusidagi Apple do‘koni oldida navbatga turuvchilar soni ortmoqda.
Ayrimlar savdolar boshlanishi oldidan navbatdagi o‘z joyini sotib, mo‘maygina pul ishlab oladi. Navbat boshidagi joylarning narxi bir necha ming dollarga yetishi mumkin.