Joriy yil yanvarida, ya‘ni OzodWiki loyihasi ish boshlamay turib, O‘zbekcha Vikipediya bosh sahifasi 20 368 marta ko‘rilgan bo‘lsa, martga kelib bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 56 274 ga yetgan edi! Lekin OzodWiki ta‘tildaligi paytida ilm izlovchilarning O‘zbekcha Vikipediyaga tashriflari keskin ko‘payib ketdi. Buning sababini tushuntirib berishga Wiki-ekspertimiz hozircha ojiz.
16 oktabr kuni Ozodlik radiosining ilmiy-ma‘rifiy dasturi – OzodWiki yozgi ta‘tildan qaytdi va 2014- o‘quv yilining 2- semestri birinchi mashg‘ulotida O‘zbekcha Vikipediyaning shu kunda insoniyatga xavf solib turgan Ebola kasalligi to‘g‘risidagi maqolasini o‘qidik.
Bugun esa, Wiki-ekspertimiz Nodir Otayev bilan O‘zbekcha Vikipediya bilan bog‘liq yozda sodir bo‘lgan yangiliklar to‘g‘risidagi suhbatni e‘tiboringizga havola qilmoqchimiz.
Eng katta yangilik, biz kutmagan yangilik OzodWiki ta‘tildaligi paytida ilm izlovchilarning O‘zbekcha Vikipediyaga tashriflari keskin ko‘payib ketganidir.
Buning sababini tushuntirib berishga Wiki-ekspertimiz hozircha ojiz.
O‘rni kelganda shuni eslatib qo‘ymoqchimizki, OzodWiki eshittirishlarining birinchi mavsumi davomida O‘zbekcha Vikipediyaga tashriflar 300%ga oshib ketgan edi. Joriy yil yanvarida, ya‘ni OzodWiki loyihasi ish boshlamay turib, O‘zbekcha Vikipediya bosh sahifasi 20 368 marta ko‘rilgan bo‘lsa, martga kelib bosh sahifaga qilingan tashriflar soni 56 274 ga yetgan edi!

Maqtanishlarimizni Wiki-ekspertimiz Nodir Otayev bilan suhbatda davom ettiramiz:
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
OzodWikining Wiki-eksperti Nodir Otayev bilan suhbat