OzodTa'sir: Ozodlikka shikoyat qilgan 93 yashar urush faxriysiga Mirziyoev uy berdi (VIDEO)

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Buxoro viloyati Kogon shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi faxriysiga yangi uy berildi.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoevning Facebookdagi sahifasida ma’lum qilindi. Xabarga urush faxriysi bo‘lgan onaxonning yangi uyga tashrifi aks etgan video ilova qilingan.

Ozodlik radiosi tayyorlagan videolavhada urush faxriysi, 93 yashar Mariyam Alieva qarovchisiz qolganidan yig‘lab shikoyat qilgan, prezident Mirziyoevdan yordam so‘ragan edi.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Вайронада яшаётган уруш фахрийси Мирзиёевдан ёрдам сўради