Jismoniy mashq qilish hammaning sog‘lig‘i uchun juda muhim. Lekin kim qancha mashq qilishi kerakligini yoshga bog‘liq.
Kattalar (18-64 yosh)
Voyaga yetganlar haftasiga 2,5 soat yengil aerobik jismoniy mashq qilishi yoki 1 soatu 15 daqiqa intensiv jismoniy mashq qilishi kerak. Haftasiga 5 soat yoki undan ham ko‘p jismoniy mashq qilish bundanda ko‘p foyda keltiradi.
Aerobik mashqlarni haftaning uch kuniga cho‘zish ayni muddao bo‘ladi.
Har bir mashg‘ulot kamida 10 daqiqaga cho‘zilishi kerak.
Voyaga yetganlar yana haftasiga kamida ikki kun o‘tirib-turish, tortinish yoki tosh ko‘tarish kabi mashqlarni qilishi kerak.
Bolalar va o‘smirlar (6-17 yosh)
Bolalar va o‘smirlar kuniga kamida bir soat jismoniy mashq qilishi kerak. Bolalar yana kamida uch kun mushaklarni kuchaytiruvchi mashqlar (masalan, tortinish) va suyaklarni qotiruvchi mashqlarni (masalan, sakrash) qilishi kerak. Bolalar va o‘smirlar jismoniy mashqlari ularning yoshlariga muvofiq va qiziqlari bo‘lishi kerak.
Kichik bolalar (2-5 yosh)
Kichik yoshdagi bolalar kuniga qancha mashq qilishi kerakligi belgilanmagan. 2-5 yoshdagi bolalar kuniga bir necha marta faol o‘yinlarni o‘ynashi kerak. Kichkintoylar mashqlari ham ularning yoshlariga muvofiq va qiziqarli bo‘lishi kerak.