Serbiyaning lesbiyanka ekanini ochiq tan oladigan Bosh vaziri Ana Brnabich poytaxt Belgradda 17 sentabr kuni bo‘lib o‘tgan gey paradda ishtirok etdi. Paradda 1000 ga yaqin odam qatnashdi. Bundan avval birorta Serbiya bosh vaziri har yili bo‘lib o‘tadigan paradda ishtirok etmagan edi.
Paradda yana mehnat vaziri Zoran Djordjevich hamda Belgrad shahri meri Sinisa Mali ham qatnashdi.
“Sebiya xalqiga aytadiganim, hukumat barcha fuqarolar huquqlarini hurmat qiladi qiladi”, dedi Brnabich. “Biz har-xillik jamiyatimizni yanada kuchliroq qila olishini ko‘rsatmoqchimiz”.
Belgrad meri Mali Belgrad “yana bir bor barcha teng huquqqa ega bo‘lgan shahar ekanligini” ko‘rsatganini ta’kidladi.
“Biz o‘zgarashlarni xohlaymiz” shiori bilan o‘tkazilgan parad qatnashchilari shahar markazida politsiya qurshovida marsh qildilar.
Serbiya parlamenti iyun oyida mamlakat tarixida birinchi marta ayol kishi va lesbiyanka ekanini yashirmaydigan shaxsni bosh vazir lavozimiga sayladi.
Brnabich avval davlat boshqaruvi vaziri lavozimida hamda mahalliy hukumatda ishlagan.
O‘tgan haftada Brnabich faqatgina jinsiy orientatsiyasi tufayli va mamlakatning Yevropa Ittifoqi oldidagi imidjini yaxshilash uchingina saylangani haqidagi ayblovlarni “bo‘lmagan gap”, deya ta’rifladi.
Bosh vazir 15 sentabr kuni inson va ozchiliklar huquqlari bo‘yicha o‘tkazilgan konferensiyada: “Xilma-xillik va tolerantlik LGBT a’zolarini tan olish va ularni qadrlash bilan cheklamanmasligi kerak, u boshqa ozchilik guruhlarni ham o‘z ichiga olishi kerak”, dedi.
Serbiyada gomoseksualizm haqida salbiy qarashlar keng tarqalgan. Shu sabab paradlarni ko‘p sonli politsiya xodimlari nazorat qilib turadi.
Belgradda 2001 yilda ilk marotaba gey parad o‘zkazishga harakat qilingan edi. O‘shanda parad ishtirokchilariga sport ishqibozlari, ultramillatchi guruhlar hamda millatchi partiya tarafdorlari hujum qilgan.
2010 yilda ishtirokchilarni politsiya ximoya qildi. Shunday bo‘lsa-da, shahar bo‘ylab to‘qnashuvlar yuz berdi.
Zo‘ravonlik tufayli keyingi yillarda rasmiylar gey parad o‘tkazishga ruxsat bermadi.
Ammo, 2014, 2015, 2016 yillardagi paradlar yirik ko‘ngilsizliklarsiz o‘tdi.
Brnabich o‘tgan yilda ham paradda qatnashgan. O‘shanda u davlat boshqaruvi vaziri lavozimida ishlayotgan edi.