Mushuklar parazitlari va miya kasalliklari o‘rtasida bog‘lanish borligi aniqlandi

Mushuklarda uchraydigan parazit biz o‘ylagandan xavfliroq ekanligi aniqlandi.

Toksoplazma nomi bilan ma’lum bo‘lgan parazit mushuklardan odamga axlat orqali o‘tishi mumkin.

Parazit inson tanasiga kirgandan keyin, dastlab gripp simptomlariga o‘xshash simptomlarni keltirib chiqarishi mumkin. Ammo undan keyin odatda hech qanday simptom kuzatilmaydi.

Keyingi yillarda toksoplazma inson miyasiga katta zarar yetkazishi mumkinligini ko‘rsatuvchi dalillar ko‘paydi.

Dunyo bo‘ylab 16 laboratoriyada o‘tkazilgan yangi izlanish natijalari toksoplazma inson miyasi zaifliklaridan foydalanishini ko‘rsatdi. Toksoplazmoz kasalligi boshqa miya kasalliklari bilan bir paytda yuzaga kelsa, miya ayniqsa katta zarar ko‘radi.

Toksoplazmoz qanday muammolarni keltitib chiqarishi to‘liq aniqlanmagan, lekin uning boshqa kasalliklarga ta’siri laboratoriyada aniqlandi.

Tirik parazit bo‘lgan toksoplazmaning ta’siri murakkabdir. Parazit turli unsur ta’siri ostida o‘zgara oladi.

Parazit haqida to‘liqroq tasavvurga ega bo‘lishimiz uchun yanada ko‘priq izlanish kerak bo‘ladi. Ammo dastlabki izlanishlar natijalari toksoplazma xavfli ekanligini ko‘rsatdi.