O‘zbekistonlik ustalar O‘shda Navoiy nomidagi maktab qurilishini boshladi (FOTO)

O‘shda O‘zbekiston tomonidan barpo etilayotgan maktabning loyihaviy ko‘rinishi.

O‘shda O‘zbekiston hukumati xomiyligida 630 o‘rinli Navoiy nomidagi umumta’lim maktabi qurilmoqda.

Qurilishi ishlarini O‘zbekistonning “Trest12” hamda “BunyodGrandServis” tashkilotlari olib borayapti. Maktab loyihasi esa, “O‘zshaharsozlikLITI” tomonidan tuzilgan.

Loyihaga asosan, qurilishning umumiy maydoni 3 851 kvadrat metrni tashkil etadi.

Loyiha hujjatlariga asosan, 3 qavatli yangi maktab barcha sharoitlarga, jumladan, sport va majlislar zaliga, mehnat xonasiga, tibbiyot punktiga, oshxona va yozgi sport kompleksiga ega bo‘ladi.

Ўзбекистонлик усталар Ўшда Навоий номидаги мактаб қурилишини бошлашди

Bugunga kelib maktab poydevori qurilib bitkazildi. Mazkur maktab qurilayotgan joyga yaqin doylashgan 1936 yilda qurilgan va avariya holatiga kelib qolgan 18 –sonli maktab gimnaziyasining bir qismi ham o‘zbekistonlik ustalar tomonidan ta’mirdan chiqarildi.

Shu yilning 28 iyun kuni Bishkek shahrida O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi hamda Qirg‘iziston maorif vaziri O‘zbekiston hamda Qirg‘iziston hukumati o‘rtasida O‘sh shahrida umumta’lim maktabini qurish bo‘yicha kelishim imzolangan edi.

630 o‘ringa mo‘ljallangan umumta’lim maktabi qurilishi to‘la ravishda O‘zbekiston tomonidan moliyalashtiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoev 5 sentabr kuni Qirg‘izistonga qilgan davlat tashrifi paytida prezident Almazbek Atambaev bilan uchrashuvi paytida mazkur maktab loyihasini o‘zi bilan birga olib kelganini aytib, uni namoyish etgan edi.

Tomonlar ushbu loyihaning amalga oshirilishi o‘zbek va qirg‘iz xalqi o‘rtasida o‘zaro qo‘shnichilik aloqalarini yanada mustahkamlashiga, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarning rivojlanishiga hissa qo‘shishidan umid bildirishmoqda.