O‘shdagi 2010 yilgi millatlararo nizo tashkilotchilaridan biri sifatida ayblanib umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan etnik o‘zbek huquq faoli Azimjon Asqarov qamoqxonada “Men baxtliman” deb nomlangan kitob yozdi.
Azimjon Asqarovning “Men baxtliman” kitobi o‘zbek va rus tillarida nashr etildi. Kitob haqida huquq faolining rafiqasi Hadicha Asqarova bilan suhbatlashdik.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Ko‘plab xalqaro tashkilotlar O‘sh voqealarida ayblanib 2010 yilda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Azimjon Asqarovga nisbatan jinoyat ishi soxtalashtirilganiga ishonilishini bildirib keladi.
Azimjon Asqarovga 2015 yili AQSh Davlat departamentining “Inson huquqlari faoli” mukofoti topishirilgan. Shundan so‘ng Bishkek hukumati norozilik sifatida Vashington bilan imzolangan o‘zaro hamkorlik shartnomasini bekor qilgan edi.
2016 yilning aprelida BMT Qirg‘iziston Asqarovni ozod qilishi kerakligi to‘g‘risida qaror qabul qilgach, Oliy sud bu ishni qayta ko‘rib chiqish uchun Chuy viloyat sudiga jo‘natgan edi.
Biroq 2017 yilning yanvarida Chuy viloyat sudi Asqarov ishini 4 oy davomida qayta ko‘rib chiqib, unga nisbatan chiqarilgan umrbod qamoq jazsoini tasdiqlagan. Bu hukm ko‘plab xalqaro tashkilotlar, jumladan BMTning tashvishiga sabab bo‘lgan edi.