Sobiq militsioner: Meni mxxchilar qamagani uchun nomimni oqlay olmayapman!

Shojalil Shorahmetov

“Prezident portaliga 4 marta, Oliy sudga 2 marta, Bosh prokuraturaga 3 marta bordim. Murojaatlarimning hammasi kompyuterlarida qayd etilgan. Harbiy prokuraturga 5 yoki 6 marta bordim. Nohaq qamalganman, desam, sening ishingga MXX aralashgan ekan, hech narsa qilolmaymiz, deyishayapti”, dedi OzodMikrofonning bugungi suhbatdoshi.

Bugungi suhbatni o‘tkazishga esa, eshittirish nomiga kelgan quyidagi xat sabab bo‘ldi:

"Men, Shorahmetov Shojalil, Toshkent viloyat, Bo‘stonliq tuman, G‘azalkent shahri, Sarimsoqov ko‘chasi, №3 uyda yashayman.

Men O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga qarashli Qorovul Qo‘shinida 23 yil, 5 oy, 18 kun xizmat qildim.

2013 yili, xizmat qilayotgan paytimda osobist, ya’ni MXX xodimi mayor X. M. menga tuhmat qilib, o‘zi qamagan, Bekoboddagi UYa 64/21 muassasida o‘tirgan mahkum Andaniyozov Otabekdan mening ustimdan ariza olib, menga tuhmat qildi.

Go‘yoki men mahkum Andaniyozovdan, uni MXX xodimlari qamamasligi uchun, 3000 dollar so‘raganmishman.

Andaniyozovni men tanigan emasman, u o‘z arizasida ko‘rsatgan sanada esa, men boshqa joyda xizmat qilganman.

Meni o‘sha mahkumning arizasi buyicha Bo‘ka tuman sudi 7 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Meni qamaganidan keyin Toshturmaga osobistlar - mayor X.M. va mayor D. (familiyasini bilmayman) menga “bizlarga san kerak emas, san bizga Qorovul Qo‘shini qo‘mondoni general-mayor P. V. va uning o‘rinbosari, polkovnik A. M. larga qarshi pokazanie berasan”, deyishdi. Men bundan bosh tortdim.

Shundan keyin 10 oy Toshturmaning 1- va 4- podvallarida loxmachlarga tashlab qiynashdi.

Men 2015 yili amnistiya bilan ozodlikka chiqdim.

Meni hamma narsadan mahrum qilishdi, nafaqayam berishmayapti, hech qaerga ishgayam olishmayapti.

Yozmagan, bormagan joyim qolmadi. Hammasi “sening ishingga SNB aralashgan ekanku” deyishadi, xolos.

Portalgayam yozdim. Oliy sud, bosh prokuraturagayam bordim.

Yagona umidim Prezidentimizdan”, deyilgan G‘azalkentdan kelgan xatda.

Maktub muallifi Shojalil Shorahmetov bilan suhbatni tinglang:

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Sobiq militsioner: Meni MXXchilar qamagani uchun nomimni oqlay olmayapman