MIB boshlig‘i 32 xodimini yoppasiga onasidan so‘kdi

Ogohlantiruv: Masala mohiyatini ochib berish zarurati tufayli maqolada o‘rganilgan audiofayllarda yangragan haqoratlarni yozishga majbur bo‘ldik.

Bir amaldorning qo‘l ostidagi xodimlar shaxsiyatini tahqirlayotgani, onasidan haqorat qilayotgani yozilgan audioyozuv Ozodlikka kelib tushdi.

Bu audioni Ozodlikka taqdim qilgan Majburiy ijro byurosi xodimlarining iddao qilishicha, haqorat qilayotgan amaldor ularning boshlig‘i - Namangan viloyat, Uychi tuman Majburiy ijro byurosi boshlig‘i Sherali Mamarizaevdir.

Xodimlarning aytishicha, bu audiolardagidan oldingi haqoratlari xususida ular prezident portaliga shikoyat qilgan, lekin boshliq faqat intizomiy jazo bilan qutulgan.

Ijrochi xodimlarning iddaosicha, boshliq intizomiy jazo olganidan keyin, garchi onadan so‘kishni to‘xtatgan bo‘lsada, lekin xodimlarni shaxsiyatni tahqirlovchi “k...t, xezalak, blyad, tvar, haromi” kabi so‘zlar bilan haqoratlashda davom etmoqda.

Namangan viloyat Majburiy ijro byurosi kadrlar bo‘limi boshlig‘i bu masala “ichki hal qilingani”ni tasdiqladi, lekin bu haqda ma’lumot berishdan bosh tortdi.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

MIB boshlig‘i xodimlarini yoppasiga onasidan so‘kdi

"Sherali Mamarizaevning qo‘l ostidagi xodimlarini haqorat qilayotgani" aks etgani iddao qilingan uchta audiofaylning umumiy uzunligi 14 minutni tashkil etadi.

Bu audiofayllarni yuborgan xodimning aytishicha, ular o‘tgan yilning oxirida va joriy yilning bahor oylarida yozib olingan.

“Qanday qilib hazm qilasan, bu haqoratlarni?”

Birinchi audiofayldan anglashinicha, aholining debitorlik qarzini undirishga bag‘ishlangan majlis dekabr oylarida bo‘lib o‘tgan.

Uychi tuman MIB boshlig‘i Sherali Mamarizaev.

Unda, MIB boshlig‘i Sherali Mamarizaevniki, deb iddao qilinayotgan ovoz egasi byuroning xodimlarini yoppasiga onadan so‘kishdan boshlaydi va Xayrullo Asqarov degan xodimning o‘lib ketgan otasini ham tahqirlaydi:

“Onasini rakom qo‘yib s..., jonga tegdi bular. Asqarov Xayrullo. 33 foizni tashladingmi? Q... qo‘yasanmi endi, olti kun vaqt qoldiyu. K..t, k..tmisan, zoting k...tmi seni? O‘zingni qo‘lga ol endi, o‘zing qolmading, otang qolmadi, k..tdan olib k...tga solmagan. Qanaqa qilib hazm qilasan, bu haqoratlarni? Men senga qoyil qoldim lekin. Qanaqa qilib hazm qilasan? Dadangni s.. bilan paydo bo‘lgansan, shuning uchun o‘sha odamning hurmatini qilib qo‘y, agar tirik bo‘lsa. K...t degani, zoting k...t, degani. Bu dadang ham ham k...t deganida. Neujeli padari buzrugvoringni k...t deyishiga qarab tursang?, deydi boshliq.

“Sen haromidan ortgan”

Sherali Mamarizaev, deb iddao qilinayotgan amaldorning “poskudalar, blyad, qanaqa poskuda xalqsan, blyad, tvar! Elektrni o‘zimi, noinsof senda, gaz yo‘qmi? Nimaga tashamading? Hech bo‘lmasa yilning oxirida qil, haromdan tug‘ilgan! Sen k...t xonadon topilmayapti deb yuribsanmi”, degan gapiga xodimlardan kimdir e’tiroz bildirganda boshliq yana Akmal degan xodimini bo‘ralatib so‘ka boshlaydi:

“Ko‘changni topib beraman, senga, it emgan, sen Akmal pidaraz, blyad, haromidan tarqagan! Sen haromidan ortgan, men yakshanbada gazni sal ko‘tarib olay deb tadbir qildim. Ey, haromidan tug‘ilgan, blyad? Hoy it emgan bu yoqqa kel, bu yoqqa kel itdan tarqagan”, deb boshliq boshqa xodimini tahqirlaydi:

“Ismatov, qani Ismatov. Ey itdan tarqagan, nega ketmaysan ishdan? Shumi tushirgan puling, iflos. Shumi bori? Kalamushsan sen, basharangni qarae, sassiq, isqirt blyad, deydi amaldor va boshqa xodimini “hezalak”, deb so‘kadi.

“Yerga qarab turaver, hezalak! Undan ko‘ra, xotiningni ayt, kelsin, ishga olaman. O‘sha yaxshi ishlaydi, ayol kishi bo‘lib”, deydi boshliq.

“Onangni eshak s....lar”

Ozodlikka kelgan ikkinchi audiofaylda MIB boshlig‘i Sherali Mamarizaevniki ekanligi iddao qilinayotgan ovoz egasi yana xodimlarini onadan haqorat qilishidan boshlaydi:

“Hoy, jinnimisan, hov jalab, jinnimisan? Nega tushirmaysan? Sen ishlamasang, nega ketmaysano?(shu joyda kimdir boshqa birovni urgani, taraqa-turuq shovqini eshitiladi – tahr). Nimaga ketmaysanov, onangni eshak s...n jalabni bolasi! Onangni a...ga s... seni, jalab, blyad! Onangni eshak s.... Kecha ham bir qancha gap gapirdim, onangni eshak s..., jalabdan qochgan, blyad! Kecha va’da berib ketding, nega har kuni kelaverasan, bezrayib? Onangni eshak s..., jalabni bolasisan, blyad!"

Shundan so‘ng boshliq, hamma xodimlarini umumlashtirib so‘ka boshlaydi:

“Kecha qancha gapirdim, blyad, onangni eshak s...lar, blyad! Nimaga qilmaysan? He og‘zingga q..., onangni eshak s...lar! K...tlar blyad, Uychini k...tlari. Onaginangni eshak s... blyad, onangni a...ga kirib ketasan. Qib qo‘ymaysanmi, onangni (baqiradi -tahr.) s... blyad!

“Po‘pisa qilib bo‘lsa ham pul undir!”

MIB boshlig‘iniki ekanligi iddao qilinayotgan ovoz egasi qarzdorlardan kam pul undirayotgan xodimlarini qarzdor aholiga po‘pisa qilmayotganlikda ayblar ekan, uychiliklarning shaxsiy g‘ururini toptovchi so‘zlar bilan haqorat qiladi:

“Ertaga, ertaga, deb hamma yoqni a...ni chiqarib qo‘ydingku, ee, k...t! Nimaga qilmaysan, ey, g..n! Zo‘rmisan, a, Uychining zo‘ri senmi? K...tsan, sen uychiliklar, bilasanmi? Milliardlab qarz osilib yotibdiku, aholi bo‘ynida. Nega undirmaysan? Gaz yonib turgan bo‘lsa, nega uzmaysan, nega po‘pisa qilmaysan, borib? Basharangga s...ylar, sendan pidaraz odam bormi? Uychidan boshqa joyda ham shunaqa odamlar yashaydimi? Hey, basharangga s...y, k...tlar, blyad, goluboylar! Qachongacha gap eshitasan, goluboy blyad, 620 ming so‘m deb, blyad”, dedi Sherali Mamarizaev.

“Tuhmat qilib bo‘lsa ham javobgar qilaman!”

Ozodlikka kelgan uchinchi audiofaylda, ovoz egasi gap qaytargan xodimlardan birini tuhmat qilib bo‘lsa ham javobgar qilib yuborishi haqida po‘pisa qiladi:

“Gap qaytarasan, jalab, blyad, sen bilan osobiy ishlayapman. G...n, tuhmat qilib bo‘lsa ham, seni javobgar qilaman! Tili chiqib qoldi, u g...nni. O‘zi k...ti b...q. Nimaga elektrga tashlamading, ho‘v g...n, muttaham blyad! Mana bu yog‘ini to‘g‘rilab qo‘y, keyin muttahamchilik qilgin, k..t! Urib, a...ngni chiqarib qo‘yamanu, erkak emassanda sen, k...tsan! Bolnitsaga borib, yotvolasan, k...tvachchasan, sen! Bo‘lmasa turib, tepib, a...ngni chiqarib qo‘yaman. Senga o‘xshagan qanjiqlarga qo‘l ko‘tarmaymanda men, terpilasan, sen! Terpila blyad, hozir ko‘tingga tepaman yoki bir shapaloq solaman, bolnitsaga borib yotib olasan, k...tga o‘xshab. Meni boshliq urdi, vaaa deb yotib olasan, o‘shanga senga qo‘l ko‘tarmayman. Erkak kishiga qo‘l ko‘taramanda, men, k...t odamga ko‘tarmayman. U yog‘iga o‘zingga baho berib olovrasan”, deydi Uychi tumani MIB boshlig‘i Sherali Mamarizaevniki ekanligini xodimlari iddao qilayotgan ovoz egasi.

Sherali Mamarizaev Ozodlik savolidan qochdi

Ozodlik Uychi tumani Majburiy ijro byurosi boshlig‘i Sherali Mamarizaev bilan muloqotda, uning telefondagi ovozi auidiofayldagi ovozga o‘xshash ekanligiga ishonch hosil qildi.

Sherali Mamarizaev, avval aholidan debitorlik qarzi undirish ishlari muammoli borayotganini aytar ekan, Ozodlik muxbirining “siz xodimlaringizni onasidan so‘kar ekansiz, shu to‘g‘rimi”, degan savoliga qaerdan oldingiz bunday gapni, degan ma’noda e’tiroz bildirmadi, balki darhol “idoraga keling shu yerda gaplashamiz”, deb aloqani uzdi.

Namangan viloyat MIBning kadrlar bo‘limi boshlig‘i Ahadjon Nizomov, Sherali Mamarizaev masalasi “ichki hal qilingani”ni tasdiqladi, lekin bu haqda to‘liq ma’lumot berolmasligini aytdi.

Portalga murojaat... intizomiy jazo

Ozodlik bog‘langan Uychi tumani MIBining ismi sir qolishini so‘ragan xodimining aytishicha, 32 nafar xodimdan 25 nafari, boshliqning ustidan arz qilib, prezident portaliga murojaat qilgan, lekin ularning joriy yil fevralidagi arizasi jiddiy tekshirilmagan:

“Portalga arz qildik, lekin har bir xodim bilan uchrashib, bu voqea jiddiy tekshirilmadi. Faqat majlisda, Sherali Mamarizaevning o‘rinbosari, sizlarning arizalaringiz tekshirib chiqildi va boshliqqa nisbatan itizomiy jazo qo‘llanildi, deb aytdi. Lekin u qanaqa intizomiy jazo ekanligini aytmadi. O‘shandan so‘ng, boshliq onadan so‘kishni bas qilgan bo‘lsa-da, lekin shaxsni tahqirlovchi, “k...t, haromi, gandon, xezalak, iflos kabi so‘zlar bilan haqorat qilishda davom etmoqda.”, deydi xodimlardan biri.

Uychi tumani MIB xodimlari boshliqlarining ularni haqorat qilayotgani haqida viloyat prokuraturasi va viloyat Majburiy ijro byurosi boshlig‘i Shuhrat Qosimovga ham shikoyat qilishgani, lekin ularga "jim yuringlar, bo‘lmasa ishdan ketasizlar", degan javob bo‘lganini ham qo‘shimcha qildilar.

Ismi sir qolishini so‘ragan boshqa bir xodim, boshliqning shaxsni tahqirlovchi bu haqoratlariga javob berilmayotganini shunday izohlaydi:

“To‘g‘ri, qattiq haqorat qiladi. Hech kim o‘zingni onangni.. deb aytolmaydi. Chunki, ishini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqadi. Boshliq “sen uychiliklar, sen namanganliklar”, deb ko‘p haqorat qiladi. Uning o‘zi Qo‘qondan, mahalliychilik qiladi. Rejani to‘g‘ri taqsimlay olmaydi. Qanday qilib bo‘lsa ham, so‘kib, qo‘rqitib bo‘lsa ham aholidan qarzni undir deb bosim o‘tkazadi. Ishni zo‘ravonlik ustuniga qurgan. Lekin, aholining ahvolini biz ham ko‘rib turibmiz”, deydi MIB xodimlaridan biri.

O‘zbekiston Bosh prokurturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi 2017 yilning may oyida prezident Shavkat Mirziyoevning farmoni bilan tuzilgan edi.

Farmon bilan energiya resurslari uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishiga, elektr va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-toroj qilish holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olishga, shuningdek, sud hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlashga Majburiy ijro byurosi mas’ul etilgan.