“Onkologik dorilar 100% import qilinmoqda, lekin ahvol 1-2 yilda keskin o‘zgaradi”

Professor Rustam Nuriddinov.

O‘zbekistonda 100 mingdan ortiq bemor onkologik kasalliklar bo‘yicha hisobda turadi. Bu ma’lumot mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy saytida 26 iyul kuni e’lon qilingan xabardan olindi.

Xabardan ma’lum bo‘lishicha, Sog‘liqni saqlash vazirligi Belarus Respublikasining “Belfarmprom” xolding kompaniyasi bilan O‘zbekistonda onkologiyada qo‘llaniladigan zamonaviy tibbiy preparatlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan qo‘shma korxona tashkil etish to‘g‘risida kelishuvga erishgan.

“Yana bir muhim loyiha – gemodializ buyumlari va sarflash materiallari ishlab chiqarish borasidagi kelishuv bo‘ldi. Gemodializ – buyrak vazifasini bajaruvchi davo muolajasi bo‘lib, buyrak xastaligiga chalingan bemorlar hayotini asrashda bu usul muhim rol o‘ynaydi. Bugungi kunda mamlakatimizda bu xizmat yo‘lga qo‘yilgan va zamon talabidan kelib chiqib takomillashtirilyapti”, deyilgan Vazirlik Axborot xizmati xabarida.

Bu yangilikni hamda umuman mamlakat dori bozoridagi joriy vaziyatni sharhlab berishni Ozodlik “RigandFarmsintez” O‘zbekiston-Latviya qo‘shma korxonasi bosh direktori, kimyo fanlari doktori, professor Rustam Nuriddinovdan iltimos qildi.

Doktor Nuriddinovning aytishicha, shu kunda O‘zbekistonda saratonga qarshi bironta ham nomda dori ishlab chiqarilmaydi. Bu kasallikka qarshi barcha vositalar chet davlatlardan keltirilmoqda.

Lekin ahvol yaqin kelajakda o‘zgarishi-o‘nglanishi mumkin. Chunki vazirlik beloruslar bilan qurmoqchi bo‘layotgan zavoddan tashqari yana bir farmzavodni, suhbatdoshimizning aytishicha, u boshqarayotgan “RigandFarmsintez” qo‘shma korxonasi ham qurmoqchi.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Professor Rustam Nuriddinov: Onkologik dorilar O‘zbekistonning o‘zida ishlab chiqariladi