Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi "Fayzi bobo" fermer xo‘jaligi rahbari Huseyn Jo‘raevning shikoyat qilishicha, u garchi har yili bug‘doy va paxta topshirish rejalarini ortig‘i bilan bajarayotgan, ishchilariga maoshlarini berib kelayotgan bo‘lsa ham tuman hokimi uning yerini olib qo‘yish bilan tahdid qilyapti.
"Prezidentimiz fermerlikni rivojlantirish, odamlarni ish bilan ta’minlash borasida yaxshi gaplarni aytyapti. Lekin, mahalliy hkoimlar bu gaplarning teskarisini qilyapti. Nahotki, prezidentdan boshqa fermerlarni qo‘llab-quvvatlaydigan odam bo‘lmasa", deydi fermer.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
................................................................................
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!