O‘zbekistonda Facebook "bir ishlab, bir ishlamay turibdi"

Facebook tarmog‘ida uzilish 3 sentabrdan buyon dunyoning ayrim boshqa davlatlari, jumladan Yaponiya va Avstraliyada ham kuzatildi.

O‘zbekistonlik foydalanuvchilar mamlakatda Facebook ishlamay qolgani haqda yozishmoqda. Downdetector servisiga ko‘ra, dunyoning ayrim boshqa davlatlari, jumladan Yaponiya va Avstraliyada ham tarmoq faoliyatida uzilishlar bo‘lgan. Foydalanuvchilar asosan server bilan bog‘lanishdagi muammolar haqida ma’lum qilgan. Downdetectorga ko‘ra​, uzilishlardan birining epimarkazi O‘zbekistonga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekistonlik foydalanuvchilar Facebook ijtimoiy tarmog‘i faoliyatida 4 sentabr kechki paytdan boshlab uzilishlar kuzatilganini Ozodlikka ma’lum qildi.

- 4 sentabrdan bir ishlab, bir ishlamay turdi. Bugun umuman kirib bo‘lmadi. VPN aylanma yo‘llar orqali kiryapmiz, - dedi Facebook tarmog‘ining o‘zbekistonlik foydalanuvchilaridan biri.

Toshkentda faoliyat yurituvchi mustaqil jurnalist Aleksey Volosevich ham 5 sentabr, kun davomida tarmoqqa kirib bo‘lmayotganini tasdiqladi.

“O‘zbekistonda Facebook bloklandi, menda ochilmayapti, faqat VPN orqali kirdim, sizda qanday”, - deb yozdi jurnalist 5 sentabr kunning ikkinchi yarmida Facebook sahifasida.

Hozircha bu uzilish sababi ma’lum emas.

Facebook tarmog‘ida uzilish 3 sentabrdan buyon dunyoning ayrim boshqa davlatlari, jumladan Yaponiya va Avstraliyada ham kuzatildi.

Downdetector servisiga ko‘ra, foydalanuvchilar asosan server bilan bog‘lanishdagi muammolar haqida ma’lum qilgan.

Downdetectorga ko‘ra, uzilishlardan birining epimarkazi O‘zbekistonga to‘g‘ri kelgan.

Facebook tarmog‘ida uzilish 3 sentabrdan buyon dunyoning ayrim boshqa davlatlari, jumladan Yaponiya va Avstraliyada ham kuzatildi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta 2015 yilning yanvarida o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari Facebook ijtimoiy tarmog‘iga kira olmay qolishi kuzatilgandi.