OzodMikrofon: “Toshkent shahar hokimi va’dasini bajarmayapti”

38- uy xonalaridan birining shifti.

Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Gavhar mahallasidagi Dilxush ko‘chasi 38-uyda yashovchi aholi vakillari nomidan OzodMikrofonga bog‘langan Nasiba Sodiqovaga ko‘ra, joriy yil 25 may kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jaev eski yotoqxona bo‘lgan 38-uyda yashovchilarni 45 kun ichida yangi uy bilan ta’minlanishga va’da bergan.

Nasibaning aytishicha, hokimning bu va’dasi qisman bajarilgan, biroq 30 kishi hanuz eski yotoqxonada yashamoqda.

- Bu eski yotoqxona. 25 may kuni Toshkent shahar hokimi shaxsan o‘zi yotoqxonamizga kelib, bizga yangi kvartira berishga va’da berdi. "45 kun ichida hammangizga uy beramiz" deb va’da berdi. Shu gapni aytgani aks etgan video ham bor bizda. Yotoqxonada 91 kishi yashardi. Bu yerda yetimlar va kam ta’minlangan oilalar yashaydi. Hozir 30 tacha odam qolgan. 61 kishiga yangi uy berishdi. Lekin boshqalarga berilmayapti. 45 kun o‘tgandan keyin biz hokimiyatga bordik. "Sentabrda beramiz", deyishdi. Sentabrni kutdik. Keyin "15 oktabrda beriladi", degan gapni aytishdi. Mana 15 oktabr ham o‘tdi. Biroq hokimiyatdan biror xabar yo‘q. Hokim va’da bergan. Biz shu va’daga ishongandik, - deydi Nasiba Sodiqova.

Nasiba Sodiqova bilan suhbatni quyida tinlashingiz mumkin:

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

OzodMikrofon: “Toshkent shahar hokimi va’dasini bajarmayapti”

Чилонзорнинг Гавҳар маҳалласидаги эски ётоқхона

----------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!