Sirdaryo viloyatining Guliston shahridan bog‘langan va o‘zini 39 yashar Mastona Xudoyberdieva deb tanishtirgan ayol 4 yashar qiziga hanuz tug‘ilganlik haqida guvohnoma berilmayotganidan shikoyat qildi.
Ayolning aytishicha, uning qizi Rossiya Federatsiyasida tug‘ilgan va qizaloqqa tug‘ruqxonadan ma’lumotnoma berilgan.
OzodMikrofon bilan suhbatda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasidan vaqtinchalik ma’lumotnoma olib, yurtiga qaytgan ayol 1 yarim yildan buyon qizining hujjatsiz yashayotganini aytmoqda.
- Hozir qizim 4 yoshga to‘ldi. Men yolg‘iz onaman, qizimga qarayotganim uchun ishsizman. Ammo, 1 yarim yildirki, bular menga tug‘ilganlik haqida guvohnoma bermayapti, - deb shikoyat qiladi Mastona Xudoyberdieva.
Uning iddaosicha, u Guliston shahri Fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish - FHDYo idorasiga, pasport stoliga murojaat qilgan.
Tashkilotlardan esa Rossiya elchixonasiga yuborilgan so‘rovga hanuz javob kelmagani haqidagi javobni olmoqda.
- Tezroq bu qizni bog‘chaga berishim kerak. O‘shandagina ishlashim mumkin. Yolg‘iz onaman, o‘zim ishlab, pul topishim kerak, - deb shikoyat qildi Mastona Xudoyberdieva.
Quyida bu ayol bilan suhbatni tinglashingiz mumkin:
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
* * * * * * * * * * * * * * * * *
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!