Balerina Bernora Qorieva Ozodlikka bergan suhbatning to‘liq versiyasi

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning 2 may kuni O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi arafasida 20 ga yaqin o‘zbekistonlik ziëli rus tiliga rasmiy maqom berish taklifi bilan chiqdi.

Oralarida Xalq artistlari¸ taniqli rassom va kinochilar bo‘lgan tashabbuschilar taklifi Kreml propagandasining tarkibiy qismi sifatida ko‘riladigan nashrda e’lon qilindi.

Taklif matnini imzolaganlar ro‘yxatida SSSR xalq artisti Bernora Qorievaning ham imzosi bor.

Rus tiliga rasmiy maqom berilishini so‘raganlarning to‘liq ro‘yxati matbuotda e’lon qilingan

​Taniqli balerina¸ SSSR xalq artisti Bernora Qorieva Ozodlik bilan 3 may kungi suhbatda “rus tiliga davlat tili maqomi berilishi bizni yetishtirgan Sovet Ittifoqi va bu ittifoq o‘zagini tashkil qilgan ulug‘ rus xalqiga ehtirom ko‘rsatish bo‘ladi”, deb aytdi.

Tinglovchilar talabiga ko‘ra, taniqli balerinaning Ozodlikka bergan suhbati to‘la versiyasini e’tiboringizga havola qilamiz.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

SSSR xalq artisti¸ tanili balerina Bernora Qorieva bilan suhbat