Mazmunini sarlavhaga chiqarganimiz shikoyat bilan 4 yildan beri Rossiyada ishlab, Qashqadaryoda qolgan 4 bolasi va onasini boqib kelayotganini aytgan 44 yashar Lobar Alimova OzodMikrofonga murojaat qildi.
Uning aytishicha, Qarshi shahri, Paxtakor mikrorayoni, 50- uydagi ikki xonali 18- kvartirani bundan 24 yil muqaddam – 1995 yili bir harbiy xizmatchidan sotib olgan. Alimova uyni o‘z vaqtida o‘z nomiga rasmiylashtirib olgan emas. Rasmiylashtirish uchun keyinroq boshlagan harakatlari esa, natijasiz tugagan. Oqibatda yillardan buyon kvartira mojarosi uning va bolalarining hayotini zaharlab kelmoqda. Lobarning aytishicha, kvartira bilan bog‘liq stresslar tufayli uning hozirda 21 yoshdagi o‘g‘li astmaga chalinib qolgan.
“Yaqindan beri yana kelishmoqda uyni bo‘shatib qo‘y deb”, deydi Lobar Alimova.
Alimovaning ko‘rgiliklari tafsilotlari u bilan o‘tkazilgan suhbat hamda ilova qilinayotgan ba’zi hujjatlarda.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди