Angor hokimi sud qarorini pisand qilmadi, MIB ijroni bajarmadi

Erkin Gapparov hokimning noqonuniy ishlariga qarshi chiqqani uchun hokim uni mahalla kotibi vazifasidan noqonuniy bo‘shatgan edi

Surxondaryo viloyat, Angor tuman, Oxunboboev MFY mas’ul kotib bo‘lib ishlab kelgan Erkin Gapparov, tuman hokimi uni noqonuniy ishdan bo‘shatganidan so‘ng fuqarolik sudiga murojaat qilgani, sud hokimning qarorini bekor qilib, uni ishga tiklagani, ammo tuman hokimi sud qarorini ijro qilmayotganidan shikoyat qildi.

"Men Angor tuman Oxunboboyev mahallasida mas’ul kotib bo‘lib ishlab kelmoqda edim. Tuman hokimining bir necha bor noqonuniy xatti-harakatlariga qarshi chiqqanligim sababli, Angor tuman hokimi shaxsiy adovat sabab 2019 yil 30 may kuni meni ishdan bo‘shatdi.

Erkin Gapparovni ishga tiklash bo‘yicha sud qarori

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sherobod tumanlararo sudiga hokimning noqonuniy qarori ustidan shikoyat qilganimdan so‘ng, sud da’vo arizamni qanoatlantirib, tuman hokimi Mehnat kodeksining 107-moddasini qo‘pol ravishda buzgan deb topdi va sud qarorining ish tiklanish qismi darhol ijroga qaratilishi to‘g‘risida karor chiqardi.

MIBning Erkin Gapparovni ishga tiklash bo‘yicha ijro qarori

Lekin mahalla raisi, Mahalla jamg‘armasi raisi tuman hokimining og‘zaki buyrug‘idan qo‘rqib, sud qarorini bajarmayapti. Tuman Majburiy ijro byurosi xam o‘z ish vazifasini bajarmayapti, ya’ni sud qarorining ijrosini majburiy tartibda bajarmayapti".

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!