Maxfiy qaror: Mutaassiblar erkinlikni ko‘tara olmadimi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil 4 sentabr kungi maxfiy qarori (PQ-4437m) bilan mamlakatdagi diniy vaziyat va dindor qatlamni nazorat qilish Davlat xavfsizlik xizmatiga topshirdi.

Hujjat “o‘z shaxsiy qarashlarini majburiy diniy qoida sifatida talqin qilib¸ ularni aholi orasida keng yoyishga harakat qilayotgan guruhlar faoliyatini cheklash”ni ko‘zda tutadi.

Ayni qaror muhokamasiga bag‘ishlangan Ozodlikning “Qurultoy” eshittirishda qatnashgan tahlilchi Shohida Yoqubning fikricha, bu “Mirziyoyevning islohotlaridagi xavfli burilish va Karimovning repressiv siyosatiga qaytishdir”dir.

AQShda yashayotgan xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘zbekistonlik mutaxassis Rafael Sattorovning fikricha, bu “uch yillik nisbiy erkinlikdan so‘ng Mirziyoyev hukumatining diniy vaziyat ustidan yana jiddiy nazorat o‘rnatishi tashqi va ichki omillar tug‘dirgan” tabiiy qarordir.

O‘zbekistonlik faol Mirza Anvar Hamidov esa, bu qaror “dinga emas balki mutaasib dindorlarning ekstremistik faoliyatiga qarshi” degan fikrni bildirdi.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Qurultoy eshittirishi


O‘zbekistonlik 34 yashar vrach Sherzod Turdiyevning fikricha, diniy vaziyat yuzasidan nazoratning qayta qo‘lga olinishi ayni dam uchun to‘g‘ri qarodir:

“Nazorat kuchaygani haqida gapirishdan avval u qachon va nima sababdan susaygani hakida eslab o‘tish joiz. Karimov rejimi «Namangan voqeasi»dan so‘ng puxta ishlab chiqilgan strategiya edi. Davlat rahbari almashgach, imkon qadar xalq ishonchiga kirishga urinib, diniy sohada xam bir qator islohotlar qilishga ulgurdi. Jumladan: masjidlar soni ko‘paydi, ro‘mol, soqolga siquv kamaytirildi, Umra va Haj ziyoratiga cheklov olib tashlandi, so‘z erkinligi berildi. Diktaturada pisib yurgan latent radikal dindorlar buni imkoniyat sifatida baholay boshladi, jamiyat boshqa a’zolariga xam ta’sir o‘tkazib, ochiqdan-ochiq targ‘ib, tahdid qilishgacha yetib bordi.

Sekulyar jamiyatda biror konfessiya boshqasidan ustun ko‘rilmasligini, hammaning huquqi teng ekanini unutib ko‘yishdi. So‘nggi 3 yillik islohotlarga jamiyatning reaksiyasi o‘ziga xos indikator vazifasini o‘tadi.

Nazoratni qayta qo‘lga olish ayni damda to‘g‘ri qaror deb o‘ylayman. Mening farzandlarim dunyoviy davlatda yashashi, bilim olishi, ulg‘ayishini hoxlayman. Diniy fanatizm, siyosatga dinning aralashishga urinishi hech qachon yaxshilikka olib kelmagan. Tarix bunga guvoh"