Aeroportlarda hijobli ayollar alohida tekshirilib, suratga olinmoqda

Toshkent xalqaro aeroportidagi yangi terminal

O‘zbekiston aeroportlarida kelayotgan va ketayotgan hijobli va ro‘molini tomog‘i tagidan o‘ragan xotin-qizlar, pasport nazoratidan o‘tayotganda, alohida tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

24 oktabr kuni Istanbul-Toshkent reysi bilan uchib kelgan yo‘lovchi ayolning Ozodlikka yuborgan bu ma’lumotini nafaqat Toshkent¸ balki viloyatlardagi xalqaro aeroport xodimlari ham tasdiqladi.

Ozodlik gaplashgan aeroport xizmatchilari DXXga qarashli Chegara xizmati yaqindan shunday amaliyotni boshlagani¸ hijobli ayollarning maxsus tekshiruvdan so‘ng “hech bir muammosiz” reysga chiqarilayotganini bildirdi.

Na aeroport xizmatchilari va na bunday tekshiruvdan o‘tgan ayollar uning qaysi huquqiy asosda qilinayotgani, shunindek naqadar ommaviyligiga aniqlik kirita oldi.

Ozodlik davomli tarzda yoritgan prezidentning 4437m maxfiy qarorida hijobli ayollar¸ xususan¸ xorijda ishlayotgan xotin-qizlar ro‘yxatlarini tuzish va ular bilan alohida ishlash topshirilgan.

Pasport nazorati budkasi oldidagi fotosessiya

24 oktabr kuni Istanbuldan mahalliy vaqt bilan saharda kelib qo‘ngan uchoqdagi o‘rangan ayollar¸ shundaylardan biriga ko‘ra¸ boshqa yo‘lovchilardan farqli tekshiruvdan o‘tgan.

Ro‘molni yeching¸ sochingiz ko‘rinishi kerak¸ deyishdi. Aytganidek turdim¸ old va yonimdan rasmga olishdi.

Men ayol kishi o‘tirgan budkaga navbatga turdim. Mendan tashqari yana ancha-muncha o‘rangan ayollar bor edi. Mendan oldingi ayoldan ro‘molingizni yeching¸ rasmga olamiz dedi. U ayol ro‘molini ko‘tarib turdi¸ rasmga olishdi. Navbatim kelganda¸ menga ham shunaqa deyishdi. Ro‘molni yeching¸ sochingiz ko‘rinishi kerak¸ deyishdi. Aytganidek turdim¸ old va yonimdan rasmga olishdi. Qayta-qayta olishdi¸ yaxshi chiqmadi¸ deb. Negaligini so‘rasam¸ bizga shunaqa buyruq bo‘lgan¸ deyishdi. Faqat o‘ranganlarni olishdi¸ boshqalar pasportini ko‘rsatib o‘tib ketdi”¸ dedi Ozodlikka shaxsini ochiqlanmasligini so‘rab xabar yuborgan yo‘lovchi ayol.

Ayni paytda bu suhbatdosh¸ pasport nazorati xodimlari o‘zi yoki boshqa hijobli ayollarga nisbatan qo‘pollik qilmaganini qo‘shib o‘tdi.

Aeroportlar xizmatchilari nima deydi?

Ozodlik xorijdan kelayotgan o‘rangan ayollarni maxsus tekshirish va ularni alohida rasmga olishning yakka bir hodisa yoki yangi tartib ekaniga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent¸ Buxoro¸ Andijon¸ Farg‘ona va Urganch xalqaro aeroportlari bilan bog‘landi.

Toshkent aeroporti xizmatchisi¸ bunday ma’lumotni inkor qilmadi. Ayni paytda¸ tekshiruvlarga oid tafsilotlarni faqat DXX ga qarashli Chegara xizmati mas’ullarigina bera olishini aytib¸ maxsus so‘rov bilan bevosita aeroportga kelishni tavsiya qildi.

Buxoro xalqaro aeroportining Ozodlik bog‘langan xodimi¸ hijobli ayollarni maxsus tekshiruv boshlanganini tasdiqladi.

Oldin yo‘q edi¸ shu ikki-uch haftalar bo‘ldi¸ tekshirishayapti. Shunday ko‘rsatma borda! Faqat keluvchilar emas¸ ketuvchilarni ham tekshirishadi.

Oldin yo‘q edi¸ shu ikki-uch haftalar bo‘ldi¸ tekshirishayapti. Shunday ko‘rsatma borda! Faqat keluvchilar emas¸ ketuvchilarni ham tekshirishadi. Yaqinda Toshkent reysiga qop-qora hijobga o‘ranganlar chiqayotganda¸ yaxshilab tekshirishdi. Lekin hech kim reysdan olinmadi. Nachalnik bilan gaplashsangiz¸ yaxshilab tushuntiradilar”¸ dedi Buxoro aeroporti rasmiysi.

Kun davomida Toshkent va Buxoro aeroportlari boshliqlari bilan bog‘lanib¸ kengroq tafsilotlarni olishning imkoni bo‘lmadi.

Ozodlik bog‘langan aeroport xodimlari hijobli ayollarning hammasi yalpi tekshiruvdan o‘tkazilayaptimi¸ degan savolga aniq javob berishga qiynaldi.

O‘ranganlarni alohida rasmga olishga nima hojat bor?

Toshkent aeroportida maxsus tekshirilib¸ ro‘molsiz rasmga tushirilgan yosh ayollardan birining otasi bu jarayonni “asossiz paranoyya” deb atadi:

Hech kim qo‘pollik qilmagan bo‘lsayam¸ qizim yig‘lab chiqdi bu tekshiruvidan.

Qizimning pasporti biometrik. Unda rasmi ham¸ barmoq izlari ham bor. Tekshiruvchilarga kerak hamma biometrik ma’lumot bor pasportda. Yana rasmga olib nima qiladi? Bu boshqa yo‘lovchilarning oldida atayin izza qilishmi? Hech kim qo‘pollik qilmagan bo‘lsayam¸ qizim yig‘lab chiqdi bu tekshiruvidan”.

Ozodlik gaplashgan Istanbuldan kelgan yo‘lovchi ayollar ham¸ aeroport xizmatchilari ham bunday tartibning faqat O‘zbekiston pasporti egalariga nisbatan qo‘llanilayotganini ta’kidladi:

Turk yoki arab ayollariga hech kim hech narsa demayapti. Bu faqat o‘zimiznikilar uchun.

"Turk yoki arab ayollariga hech kim hech narsa demayapti. Bu faqat o‘zimiznikilar uchun"¸ dedi Ozodlik gaplashgan aeroport xodimi jumladan.

Maxfiy qaror ijrosi?

Joriy oy Ozodlikka hukumat ichidagi rasmiy manba tomonidan taqdim etilgan diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish to‘g‘risidagi prezident maxfiy qarorida davlat va jamoat tizimlariga “hijob kiyish va beo‘xshov soqol qo‘yish kabi illatlar oldini olish” bo‘yicha keng ko‘lamli topshiriqlar berilgan.

2019 yilning 4 sentabr kuni 4437m soni bilan rasmiylashtirilgan maxfiy qaror va unga ilova qilingan “Yo‘l xaritasi” deb nomlangan harakatlar jadvalida xorijga ketgan va xorijdan qaytgan o‘zbekistonlik ayollar bilan bog‘liq oid qator topshiriqlar berilgan.

Xususan¸ maxfiy hujjatda naqafat urush borayotgan xorij davlatlari¸ balki umuman xorijga o‘qish va ishlash uchun ketgan va ketuvchilar¸ jumladan¸ xotin-qizlarning maxsus ro‘yxatini shakllantirish¸ ularni ekstremistik oqimlar ta’siridan xalos qilish uchun tushuntirish ishlari olib borish buyurilgan.