Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 4 sentabr kungi diniy vaziyatni barqarorlashtirishga doir maxfiy qarori qabul qilingandan buyon Ozodlikka kelayotgan xabar va ma’lumotlar unda berilgan topshiriqlarning aytilgan shaklda ijro etilayotganini tasdiqlamoqda. Ozodlikning “Qurultoy” eshittirishda bu maxfiy qaror qabul qilinganidan beri o‘tgan qariyb ikki oy davomida mamlakat diniy siyosati qay tarafga va qanday o‘zgarganini muxokama qildik.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Qurultoyda qatnashgan inson huquqlari faoli A’zam Turg‘unovga ko‘ra¸ keyingi ikki oy ichida O‘zbekistondagi diniy vaziyat Karimov davridagi vaziyatga yaqinlashib qolgan.
Psixolog olim va shoir Maxmudjon Yo‘ldoshevning fikricha, “Davlatning dunyoviylik prinsiplarini saqlash hukumat va xavfsizlik tizimlarining tamal vazifasidir".
Eshittirishda Ozodlik jurnalisti Zamira Shukur va Namangan shahridagi diniy doira vakili Abbos Asad ham ishtirok qildi.