1 yanvardan boshlab “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaror kuchga kirdi.
Bu qarorni 2019 yilning 14 sentabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashi qabul qilgan edi.
Qaror ortidan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartishlarga binoan konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar ham daromad solig‘i to‘lashi shart qilib qo‘yildi.
Shu paytgacha konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik va jismoniy shaxslar faqat belgilangan stavka bo‘yicha davlat boji to‘lar edi.
Shunday qilib, artistlar ham endi topayotgan daromadiga qarab belgilangan miqdorda soliq to‘laydigan bo‘ldi.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
Artistlar zarar ko‘rmaydi
O‘zbekistonda konsertlar tashkil qilish bilan shug‘ullanadigan 31 yashar prodyuser Norsaid To‘qliboyevning Ozodlikka aytishicha¸ artistlarga daromad solig‘i joriy qilingani oridan “konsert¸ to‘y va oilaviy tantanalarda musiqali xizmat ko‘rsatishni amalga oshirish huquqi uchun olinadigan davlat bojining miqdori deyarli 4 baravar kamaytirilgan”.
Soliq kodeksiga 4 dekabrda kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, "konsert-tomosha faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar uchun aylanmadan soliq realizatsiya hajmi 2020 yilda 1 mlrd. so‘mdan kam bo‘lganda yoki umumbelgilangan tartibda to‘lanadigan soliqlar realizatsiya 1 mlrd. so‘mdan oshganda kiritiladi”.
Prodyuser Norsaid To‘qliboyev Ozodlikka bunday dedi:
- To‘ylarni tartibga solish to‘g‘risidagi nizomning 9 bandi talabiga ko‘ra to‘y egasi bilan shartnoma tuziladi. Shu shartnoma asosida buyurtmachi pul o‘tkazib beradi. Shu o‘tkazilgan pullarni umumiy miqdori soliq idorsiga taqdim qilinadi. Agar yil davomida artist yoki guruhning oboroti (aylanmasi) bir milliard so‘mdan kam bo‘lsa soliqqa tortilmaydi. Bir millard bu joriy yil uchun belgilangan summa. Kelgusida bu raqam o‘zgarishi mumkin.
Maxsus komissiya nazorat qiladi
To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini maxus komissiya nazorat qilishi qarorda belgilab qo‘yilgan.
32 kishilik bu kommisiya tarkibida Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari¸ Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmon Alimovning ismlari bor. Ozodlik bu komissiya ro‘yxatida bo‘lgan ikki mulozim bilan gaplashdi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqining o‘zini tanishtirmagan vakilining aytishicha¸ to‘ylarni tartibga solishda jarima tizimi samara garovidir.
To‘y ovozi maishiy shovqinga tenglashtirildi
O‘zbekiston Senati va Qonunchilik palatalari kengashlarining "To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi nizomini ijro etish maqsadida O‘zbekiston Ma’muriy Kodeksining qator bandlariga 2019 yilning 4 dekabrida o‘zgartirish kiritilgan edi.
Xususan, kodeksning 192-moddasiga binoan soat 23.00 dan 06.00 gacha baland ovoz bilan qo‘shiq aytish, musiqa chalishni taqiqlanadi.
Bu taqiqni buzgan turg‘unlarga jarima solish belgilangan.
Toshkentning "Labzak" to‘yxonasiga yaqin xonadonda yashaydigan 54 yashar sug‘urta idorasi xodimi Svetlana Toshtemirova Ozodlik bilan suhbatda bu qarorni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi:
- Kechqurun to‘u ovozi va to‘ydan chiqqanlarning baqir-chaqirlarini eshitishdan bezor bo‘lganman. To‘ylarni cheklash va jarimalar qo‘llashni tamomila qo‘llab-quvvatlayman.
O‘zbekistonda konsertlar tashkil qilish bilan shug‘ullanadigan 31 yashar prodyuser Norsaid To‘qliboyev esa, to‘y ovozini maishiy shovqin sifatida talqin qilib jarima solinishini ma’qullmaydi:
-Toshkentga kelgan odam uzoqdan karnay-surnay ovozini eshitsa to‘y bo‘lyapti ekan deb ko‘ngli ravshan bo‘ladi. Bu yoqimli bir ovoz. Maishiy shovqin deganda men boshqa narsani tushunaman. Masalan, bolgarka bilan yarim kechada tosh kesishsa¸ yoki drel bilan devorni teshsa, bu - maishiy shovqin. To‘y ovozi yoqmagani uchun birov borib shikoyat qiladi deb o‘ylamayman.
3 mashina, 250 mehmon va 2 xonanda
Birinchi yanvardan boshlab kuchga kirgan qarorga ko‘ra¸ to‘yga 250 dan ortiq odam chaqiriish mumkin emas.Kelin-kuyov korteji 3 ta mashinadan ortmasligi kerak. To‘yga ko‘pi bilan ikki xonanda guruxi kelishi mumkin.
Bu taqiq davlat arboblari va yozuvchi-shoirlar hamda jamiyat e’tirof qilgan shaxslarni xotirlash va yubiley tadbirlarini o‘tkazishga tadbiq qilinmasligi qarorda belgilab qo‘yilgan.
Amalga oshishi qiyin cheklov
O‘zbekistonda 1998 yili ham to‘ylardagi dabdababozlik, isrofgarchilikka chek qo‘yishga harakat qilingan, prezidentning maxsus farmoni qabul qilingan edi.
"Lavozimini suiiste’mol qilayotgan rahbarlar, oyog‘i yerdan uzilgan, manmanlikka berilib ketgan havoyi mansabdorlarning nomaqbul harakatlari mahallalarda, istiqomat joylarida sog‘lom muhit buzilishiga sabab bo‘lmoqda, oddiy odamlarning nafsoniyatlariga tegmoqda, ularni adolatga, umuman davlat hokimiyatiga ishonchiga ziyon yetkazmoqda", - deyilgan edi prezident Islom Karimov 1998 yili imzolagan farmonda.
O‘shanda Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Qurolov o‘tkazgan to‘yi bois, boshqalarga o‘rnak bo‘lsin uchun, lavozimidan chetlatilgan, ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, bir necha yil qamalib chiqqan. To‘y marosimida qatnashgan O‘zTV xodimlari ham ishdan chetlatilgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi to‘ylar haddan ziyod serxarajat bo‘lib ketayotganini 2017 yilda tanqid ostiga oldi.
O‘sha yili prezident tanqididan ilxomlanib Namanganda to‘y kortejini to‘xtatib, kelin-kuyovlarni taksiga o‘tirg‘izib yuborgan prezident maslahatchisi va o‘sha paytdagi Yoshlar Ittifoqi yetakchisi Qahramon Quronboyev prezident tanbehiga nishon bo‘lgan edi.
To‘ylarni ixchamlashtirish va unda qatnashuvchi xonandalar sonini cheklash takliflariga O‘zbekiston madaniyat vaziri o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov qarshi chiqib gapirgan edi.
Ijtimoiy tarmoq va mahalliy nashrlardagi qator muhokamalardan so‘ng bu masala borasida parlament qaror qilsin degan to‘xtamga kelingan.
2019 yil 14 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashi va Senat Kengashining “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qo‘shma qarori qabul qilindi