Tuyaqushfurush va’dalariga uchib BAAga ishga keta olmaganlar ham pullarini talab qilmoqda

Arzchilar Ozodlikka taqdim etgan hujjatlardan "E'zoz Max" firbgarlikda ayblanib, hozirda sud qilinayotgan "Straus house" tuyaqush shirkati rahbari Ibrohim Isroilovga oid bo‘lib chiqdi.

"E'zoz Max" xususiy bandlik agentligining Birlashgan Arab Amirliklariga ishga jo‘natish haqidagi va’dalariga uchib yuz minglab so‘m pul to‘lab qo‘ygan o‘nlab odam pullarini undirib berishni so‘rab O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga arz qildi.

Bu haqda Ozodlikka xabar qilgan ​arzchilarning da’vosiga ko‘ra, 2018 yili "E'zoz Max" ularni BAAning yettita yirik shahriga oyiga 5 ming dollarlik maoshli ishga yuborish va’dasi bilan har biridan 799 ming so‘m miqdorida haq olgan, ammo va’da qilingan uch oylik muddat yakuniga yetsa ham, hech kim ishga yuborilmagan.​

Ular pullarini qaytarib olish uchun so‘nggi ikki yil davomida viloyat prokuraturasidan tortib O‘zbekiston prezidenti qabulxonasigacha murojaat qilganliklari, lekin hozirgacha natija bo‘lmaganini bildirdi.

Arzchilar Ozodlikka taqdim etgan hujjatlardan "E'zoz Max" MChJning firibgarlikda ayblanib, Toshkentda sud qilinayotgan "Straus house" tuyaqush shirkati rahbari Ibrohim Isroilovga oid bo‘lib chiqdi.

Surxondaryoning Denov shahridan bo‘lgan 30 yoshli Eshquvvat Norboyev 2018 yilning oktabrida o‘zining "E'zoz Max" hususiy bandlik agentligiga Birlashgan Arab Amirliklariga ishga ketish uchun 799 ming so‘m pul to‘lagani, ammo va’da qilingan muddat ichida agentlik hech kimni ishga jo‘natmagani, pullarni ham qaytarmaganini aytadi:

​Pul to‘lash uch kun davom etgandi. Meni o‘zim pul to‘lagan yuzdan ortiq odamni bilaman. Pulni to‘ladik, qog‘oz yozib berdi. Qo‘ng‘iroq qilishadi, deyishdi. O‘shandan beri pul ham yo‘q, ish ham yo‘q.

- O‘sha paytda agentlikning Denov bo‘limida pul to‘lashga shunaqa katta navbat bo‘lgan ediki, to‘rt soat kutganmiz ocheredda. Amirlikka oyiga 5 ming dollarlik oylikli ishga jo‘natamiz, deb reklama qilaverganidan keyin, butun Denov o‘sha yerga yig‘ilgandi. Ularning ofisi "Yubileyniy" supermarketini yonida edi. ​Pul to‘lash uch kun davom etgandi. Meni o‘zim pul to‘lagan yuzdan ortiq odamni bilaman. Pulni to‘ladik, qog‘oz yozib berdi. Qo‘ng‘iroq qilishadi, deyishdi. O‘shandan beri pul ham yo‘q, ish ham yo‘q, - deydi Norboyev.

"E'zoz Max"dan kuygan yana bir denovlik (ismi-sharifi ochiqlanishini istamadi)​ xususiy bandlik agentligining mahalliy telekanal va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan reklamasiga uchganini aytadi:

- Har kuni reklamasi aylantirildi, tarmoqlarda e’lonlari berildi. Oshpazlikdan tortib neft sohasigacha ishlar bor, BAAning yettita yirik shaharlarida, deyildi. Keyin bilsak¸ bu ham Ahmadboynikiga o‘xshagan piramida bo‘lib chiqdi. Bular nafaqat Denovda¸ butun respublika bo‘yicha odamlardan pul olib¸ "tuya qilishgan" ekan. Xorazm, Qashqadaryo, Farg‘onadan Bosh prokuraturaga arz qilganlar bo‘ldi. Shu paytgacha viloyat prokuraturasidan tortib prezident apparatigacha shikoyat qildik, natija bo‘lmadi, - dedi denovlik savdogar.

Arzchilar Ozodlikka taqdim etgan hujjatlardan "E'zoz Max" firbgarlikda ayblanib, hozirda sud qilinayotgan "Straus house" tuyaqush shirkati rahbari Ibrohim Isroilovga oid bo‘lib chiqdi.

"Ezoz max" shartnomalarida Ibrohim Isroilov shirkat rahbari sifatida tilga olinadi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tuman sudi binosida 27 fevral kuni boshlangan mahkamada Isroilovga "E'zoz Max" bo‘yicha ayblov ham o‘qib eshittirildi.

Ayblov hujjatlarida Isroilov 2018 yilda "E'zoz Max" MChJni tuzib, BAAga ishga jo‘natish va’dalari bilan uch oy ichida butun respublika bo‘ylab mingdan ziyod odamdan 1 milliard so‘mdan oshiq pul olgani aytiladi.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bergan ma’lumotda ham Isroilovning muqaddam boshqa jinoyat ishi doirasida "chet elga ishga yuboraman"¸ deb odamlardan aldab pul olgani aytildi.

"Ish sudda ko‘rilayotgan vaqtda, odamlar tuyaqush jo‘jasi uchun bergan 745 million so‘mni o‘zidan jabr ko‘rganlarning zararini to‘lash uchun o‘tkazib bergan", - deyiladi departament ma’lumotida.

Hozircha rasmiylar¸ BAAga ishga jo‘natish va’dasi bilan olingan 1 milliard so‘mdan ko‘proq mablag‘ning egalariga qaytarilish ehtimoli haqida hech narsa demayotir.

"Straus house" ishi bo‘yicha mahkamani kuzatayotgan Toshkentdagi "Ezgulik" jamiyati rahbari Abdurahmon Tashanov Ibrohim Isroilov faoliyatining moliyaviy piramida bo‘lganini taxmin qiladi:

- Ahmadboy piramidasini eslatayapti bu. Oldiniga odamlardan chet elga ishga yuboramiz¸ deb pul olinyapti. Pullar talon-toroj bo‘lgach, uni bunga, buni unga urish uchun tuyaqush jo‘jalari sotadigan shirkat ochilib, odamlar yana aldanib qolayapti.

- Ahmadboy piramidasini eslatayapti bu. Oldiniga odamlardan chet elga ishga yuboramiz¸ deb pul olinayapti. Pullar talon-toroj bo‘lgach, uni bunga, buni unga urish uchun tuyaqush jo‘jalari sotadigan shirkat ochilib, odamlar yana aldanib qolayapti, - deydi Tashanov.

Tuyaqush jo‘jalari va’da qilib, odamlardan millinlab so‘m pul olgan "Straus House" shirkati rahbari ustidan mahkamaning 9 mart kuni Yakkasaroy tumani sudi binosida davom etishi kutilmoqda.

Ozodlik bundan oldin Germaniya, Chexiya, Turkiya kabi mamlakatlarga ishga yuborish va’dasi bilan fuqarolardan bir necha o‘n million so‘mdan olgan Human, International Job Organization, Korean & Migrations kabi xususiy bandlik agentliklari janjal markazida qolgani haqida xabar bergan edi.

Xroijga ishga yuborish bilan shug‘ullanish litsenziyasi berilgan o‘nlab xususiy bandlik agentligining firibgarlikda ayblanayotgani ortidan¸ Bosh vazir Abdulla Aripov¸ bu vakolatni yana oldingi kabi davlatga qarashli Tashqi migratsiya agentligiga qaytarish ko‘rib chiqilayotganini bildirdi.