Navoiy viloyati, Karmana tumanida yashaydigan tadbirkor Shohruh G‘ulomovning OzodMikrofonga aytishicha, 27 aprel kechasi kuchli bo‘ron bo‘lishi haqida na Favqulodda vaziyatlar vazirligi va na O‘zbekiston Gidrometeorologiya markazi aholini ogohlantirgan.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
To‘satdan kelgan tabiiy ofat oqibatida tadbirkorlar juda katta zarar ko‘rgan:
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди
“Kechasi soat 9 yarimlarda uragan birdaniga bostirib keldi. 40 sotix maydondagi issiqxonani bir zumda vayron qilib tashladi. Bodringlardan endi birinchi hosilni olgan edik. Biz issiqxonachilar, ob-havoni doim Internetda kuzatib boramiz, chunki, bizning hosilimiz taqdiri ob-havo bilan bog‘liq. Gidromet hatto oddiy shamol bo‘ladi¸ deb ham ko‘rsatmagan, ozgina yomg‘ir yog‘adi, degan xolos. Agar kuchli shamol bo‘lishini bilganimizda fortochkalarni yopib, qo‘shimcha ehtiyot choralarini ko‘rgan bo‘lardik. Lekin bunaqa ofat keldi. Atrofimdagi 15 nafardan ortiq tadbirkor juda katta zarar ko‘rdi. Endi sug‘urta tashkiloti ko‘rilgan zararni hisob-kitob qilyapti”.
-----------------------------------------------------------------------------------------------
Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.
SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.
OzodMikrofon sizga muntazir!
OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!