Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlaridan birining o‘qituvchisi (ayol kishi) o‘z talabalariga kurs ishini qanday yozish kerakligini tushuntirar ekan, ularga ishning kirish qismida Islom Karimovdan emas, Shavkat Mirziyoyevdan iqtibos keltirishni, Prezidentning 5 ta tashabbusini albatta tilga olib o‘tish zarurligini uqtiradi.
O‘qituvchining bu topshirig‘i Ozodlikka kelgan audioyozuvda aks etgan. Ozodlik o‘qituvchi bilan hozircha bog‘lanmagani uchun uning ismini va o‘quv yurti nomini bu yerda keltirmayapmiz.
Audioyozuvdan paydo bo‘lgan savollarni Harbiy akademiya o‘qituvchisi, pedagog olim Mahmudjon Yo‘ldoshevga berdik.
Suhbatdoshimiz ayni paytda Yuridik universitetning 1-kurs talabasi ham – O‘zbekistondagi yoshi eng ulug‘ talabalardan. U hukumatning 25 maydagi qarori bilan tuman va shaharlarda tuziladigan nuroniylar jamoatchilik kengashlaridan birining potensial a’zosidir.
OzodNazar Mahmudjon Yo‘ldoshevdan, shunday kengashga a’zo bo‘lib qolsa, nima ish qilishini, umuman bunday kengashlarning nimaga kerakligini ham so‘radi.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди