Xitoyda pasportini yo‘qotgan o‘zbek ayoli 13 yilda uyiga qaytyapti

13 yil avval Xitoyga borgan samarqandlik 48 yashar Zulfiya Gaziyeva pasportini yo‘qotgani sabab O‘zbekistonga qayta olmayotgan edi. Zulfiyaning OzodMikrofon dasturiga aytishicha, elchixona ko‘magida u vatanga qaytishga muvaffaq bo‘lyapti.

17 iyun kuni Ozodlik bilan suhbatlashgan Zulfiya Gaziyeva Xitoyga 13 yil avval tijorat maqsadida borgani va pasportini yo‘qotgani davomida yillar davomida O‘zbekistonga qayta olmagani haqida gapirdi:

- Yolg‘iz qizimni xolam katta qildi. Qizim maktabda o‘qiyotgan payti mashina urib, oyog‘i shikastlandi, bora olmadim. 2012 yili dadam olamdan o‘tdi, bora olmadim ta’ziyasiga. 2017 yil ukam vafot etdi, bora olmadim. Hech narsaga bora olmadim. Qizimni uzatdik, bora olmadim. Nevaralik bo‘ldim, bora olmadim. O‘zbekiston elchixonasiga bir necha marta yordam so‘rab, murojaat qildim. Yordam berishmadi. 13 yil davomida 2 ta konsuldan yordam so‘radim, natija bo‘lmadi. Faqat yangi konsul Bobur Yahyoyev yordam berdi. Chegaralar ochilsa, vatanga qaytaman.

Zulfiya Gaziyeva bilan suhbatni quyida to‘liq tinglang:

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Zulfiya Gazieva bilan suhbat

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Muhtaram mushtariy, agar sizni tashvishga solayotgan muammolar bo‘lsa, shuningdek, o‘zingiz guvohi bo‘layotgan voqea-hodisalar borasida Ozodlikka xabar bermoqchi bo‘lsangiz¸ bizga qo‘ng‘iroq qiling.

SMS va qo‘ng‘iroqlaringizni +420 724 971 539 va +420 724 740 755 raqamiga yo‘llang.

OzodMikrofon sizga muntazir!

OzodMikrofon rukni ostida berilayotgan fikr va mulohazalar oddiy o‘zbekistonliklarning shaxsiy ko‘z qarashlari ifodasi va bu mulohazalar uchun Ozodlik tahririyati mas’ul emas!