30 iyun soat 10:00 gacha O‘zbekistonda 8298 kishi koronavirus infeksiyasiga chalindi va shu kungacha shu infeksiyadan 24 kishi vafot etdi. Demak, Covid-19 kasalligidan o‘lganlar shu kasallikka chalinganlarning taqriban 0,25 foizini tashkil qiladi, xolos.
Ayni paytda bu ko‘rsatkich qo‘shni Qozog‘istonda taqriban 0,5 foizni, Qirg‘izistonda 1,0 foizni, Rossiyada 1,5 foizni, olis AQShda esa, taqriban 5,0 foizni tashkil qilmoqda.
Bu ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning ko‘rsatkichiga qiyoslanganda paydo bo‘lgan savol sarlavhaga chiqarildi va uni o‘zbekistonlik dorishunos olim, kimyo fanlari doktori, professor Rustam Nuriddinovga berdik.
Qiyoslash uchun ma’lumot: professor Nuriddinovning aytishicha, O‘zbekistonda bir kunda OITVdan 20 kishi vafot etadi.
Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди