OzodSuhbat: Surunkali kasalligi borlar Covid alomatlarini sezishi bilanoq vrachga murojaat qilsin!

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 16 iyul, soat 23:30 gacha 15066 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Payshanba kuni mamlakat bo‘ylab kasalga chalingan 485 kishidan 97 nafari karantin muassasalaridagilar, 349 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlar, 39 nafari virusni qayerdan yuqtirib olgani noma’lumlardir.

Xastalikka chalingan jami 15066 bemordan 8783 nafari sog‘aygan. Qolgan 6208 nafar bemordan 58 nafarining ahvoli og‘ir, 7 nafarining ahvoli esa o‘ta og‘ir ekani aytilmoqda.

Bu butun mamlakat bo‘yicha umumiy ma’lumotlardir. Xo‘sh, joylardagi ahvol qanday?

OzodSuhbat eshittirishi joylardagi vaziyat qandayligiga qiziqib, Namangan viloyat, Pop tumanilik vrach Bahodir Salimovni (taxallus) suhbatga tortdi.

Браузерингиз HTML5 ни қўллаб- қувватламайди

Surunkali kasalligi borlar Covid alomatlarini sezishi bilanoq vrachga murojaat qilsin!